Inson tanasi gadjetlarni energiya bilan ta’minlash uchun ishlatildi

Tabiat va biz Inson tanasi gadjetlarni energiya bilan ta’minlash uchun ishlatildi
218

AQSHdagi Karnegi-Mellon universiteti mutaxassislari energiyani inson terisi orqali gadjetlarga masofadan uzatish usulini muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazdilar. Tadqiqot natijalari “O‘ttiz yettinchi Yillik ACM Foydalanuvchi Interfeysi Dasturiy Ta’minoti va Texnologiyasi bo‘yicha Simpozium” materiallarida e’lon qilindi. Olimlarning ta’kidlashicha, inson terisidan oz miqdordagi energiya manbayidan turli gadjetlar − elektronika, tibbiyot va boshqa qurilmalarga uzatish uchun foydalanish mumkin ekan.


Mutaxassislarning ma’lum qilishicha, tana o‘tkazgich vazifasini bajara oladi. Shunday qilib, ular inson uchun noqulayliksiz 40 MGs chastotada energiyani samarali uzatish mumkinligini amalda isbotlashdi. Tajribada olimlar shim cho‘ntagidagi batareyadan 100 mikrovatt quvvatni qo‘lda mahkamlangan uzatkichga yetkazib berish imkoniga ega bo‘ldilar.


Ma’lumotlarga ko‘ra, jismoniy faollik va salomatlik ko‘rsatkichlarini nazorat qilish uchun mo‘ljallangan kichik gadjetlarni shu tarzda energiya bilan ta’minlash mumkin. Biroq fitnes bilaguzuklari yoki aqlli soatlarni energiya bilan ta’minlash uchun 100 mikrovatt yetarli bo‘lmaydi.


Stenford universiteti (AQSH) mutaxassislari batareya sig‘imini tiklashning arzon usulini topishdi. Ular akkumulyatorlarga elektr impulslarini berishni va shu bilan birdek batareyalarning sig‘imini 30 foizga oshirishni taklif qilishdi.

Maqola muallifi

Feruza Jo‘rayeva

Feruza Jo‘rayeva

Talaba

Teglar

  • #Ta'lim

Ulashish