It bilan suhbatlashgan odam
Anton Pavlovich Chexov – rus adabiyotining yirik vakili, hikoya va drama janrining ustasi. Asarlarida inson psixologiyasi, axloqiy qadriyatlar va hayotiy haqiqatlar tasvirlanadi. “It bilan suhbatlashgan odam” nomli hikoyasi ham aynan shunday asarlardan biri.
Hikoya bosh qahramoni Aleksey Ivanich Romansov – poraxo‘r va ikkiyuzlamachi bo‘lib, o‘zining tubanligini anglab yetgan inson sifatida gavdalanadi. Kechasi hovliga chiqib, falsafiy mushohadalar bilan o‘zini oqlashga harakat qiladi. Qarshisidagi qora it esa insoniyatning qadr-qimmatiga befarq bo‘lib, hayot haqiqatini timsol sifatida namoyon qiladi.
Hikoyaning kulminatsiyasi esa Romansov oʻzini itga tishlatishi. U kuchuk bilan bahslashayotgandek bo‘lib, aslida o‘z vijdoni bilan yuzlashadi. Oʻzining poraxo‘rlik, munofiqlik va pastkashligini tan olib, o‘zini itga tishlatadi. Bu harakat, bir tomondan, o‘z gunohlarini yuvishga bo‘lgan ojiz urinish bo‘lsa, ikkinchi tomondan, insoniyatning axloqiy qadriyatlari yo‘qligini anglab, o‘zini jazolashga urinishdir.
Yechim sifatida yaqinlari uni o‘z joniga qasd qilishdan saqlash uchun qo‘l va oyoqlarini bog‘laydi. Umuman olganda ushbu hikoya Chexov ijodidagi yorqin falsafiy hikoyalardan biri. Romansovning o‘ziga nisbatan nafrati hikoyaning dramatik ruhini yanada oshirgan.
Vazira XO‘JAMQULOVA,
OʻzDJTU talabasi
Shu kecha va kunduzda
“El-yurt umidi” jamgʻarmasi stipendiatlari bilan uchrashuv
Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya
9 dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuniga bag‘ishlangan “Ochiq eshiklar kuni”
Muvozanat
OB-HAVO
0 C
Valyuta kurslari
Markaziy bank