O‘smir farzandingizning ruhiy salomatligini qo‘llab-quvvatlash uchun to‘rt maslahat
Farzandingizni sevish va g‘amxo‘rlik qilish bilan birga o‘zingizga ham e’tibor bering.
Farzandingizga yaxshi munosabat qilasizmi yoki qiyinchiliklarga duch kelayapsizmi, ularga mehr va qo‘llab-quvvatlashingizni ko‘rsatishingiz muhim. Shuningdek, ular qiyin paytlarda yordamingizga suyanishi va har doim yonlarida ekaningizni bilishlari kerak.
Farzandingizdan hol-axvol suhbatlashayotganda va har doim ular bilan ekanligingizni ko‘rsatishda e’tibor berish kerak bo‘lgan to‘rt jihat:
Ularni his-tuyg‘ulari bilan o‘rtoqlashishga undang
Farzandingiz bilan suhbatlashish uchun imkoniyat yarating. Ulardan kuni qanday o‘tgani va nima bilan band bo‘lganini so‘rang.
Ularni har qanday vaziyatda qo‘llab-quvvatlashingizni, ularning his-tuyg‘ulari va fikrlari siz uchun muhimligini eslatib turing. Oddiygina dalda beruvchi so‘zlar ham o‘z his-tuyg‘ularini siz bilan o‘rtoqlashishda ularga yordam beradi.
Ba’zan o‘smirlarning his-tuyg‘ularini tushunish va qabul qilish oson bo‘lmasligi mumkin, lekin bu juda muhim. Ular sizga o‘z dardlarini aytganda, javoban: “Tushundim”, “Bu juda qiyin holat ekan”, yoki “Bu mantiqan to‘g‘ri” kabi so‘zlar bilan javob bering.
Ko‘pincha farzandingizdagi ba’zi hatti-harakatlar sizga yoqmasligi mumkin, ammo ular qilayotgan yaxshi ishlarni ham e’tiborga olib, maqtashga harakat qiling.
Ularga yordam berish uchun vaqt ajrating
Farzandingiz bilan birga yangi kun tartibini tuzing va kundalik maqsadlarni belgilab oling. Masalan, uy yumushlarini maktab ishi bilan uyg‘unlashtirish yoki uy vazifalarini kechki ovqatdan oldin tugatish kabi rejalar tuzishingiz mumkin.
O‘smirlik mustaqillikni anglatadi! Ular o‘zlari bilan yolg‘iz qolishlari uchun vaqt va imkoniyat bering. Bo‘sh vaqtga ehtiyoj sezish – o‘sish jarayonining tabiiy qismi.
Farzandingizga sevimli mashg‘ulotlariga vaqt ajratish uchun rag‘bat bering. Agar ular hafsalasiz bo‘lsa, muammoni hal qilish uchun birgalikda echim topishga harakat qiling. Biroq, muammoni hal qilish jarayonida ularning o‘rniga qaror qabul qilishdan tiyiling.
Qiyinchiklarni birgalikda hal qiling
Farzandingizning fikrlarini tinglang va muammolarni tinch yo‘l bilan hal qilishga harakat qiling. Unutmang: har bir inson stressni boshdan kechiradi!
G‘azablangan holatda muammoni muhokama qilmang. Bir oz vaqt ajratib, tinchlaning farzandingiz bilan keyinroq gaplashing.
Farzandingiz bilan ochiq muloqot qiling. O‘z his-tuyg‘ularingizni qanday boshqarayotganingizni ko‘rsatish orqali ularga yaxshi namuna bo‘la olasiz.
Mojaro sodir bo‘lganda, qanday yechim topish mumkinligini o‘ylab ko‘ring. Bu fikrlaringizni farzandingiz bilan baham ko‘rish orqali, muammolarni qanday hal qilish mumkinligini ularga o‘rgatishingiz mumkin.
O‘zingizga ham g‘amxo‘rlik qiling
Ota-onalar va vasiylar ko‘p narsani e’tiborga olishlari kerak. O‘zingizga ham mehr va yordam zarurligini unutmang. O‘z-o‘ziga g‘amxo‘rlik qilish – farzandingizga ham yaxshi namuna bo‘ladi.
Agar charchagan yoki zo‘riqqan bo‘lsangiz, boshqalardan yordam so‘rashdan tortinmang. Bu normal holat! Sizga yaqin bo‘lgan insonlar bilan his-tuyg‘ularingiz haqida suhbatlashing.
Farzandingizning ruhiy salomatligini qo‘llab-quvvatlash uchun avvalo o‘zingizga g‘amxo‘rlik qilish muhimligini unutmang.
Shu kecha va kunduzda
O‘smir farzandingizning ruhiy salomatligini qo‘llab-quvvatlash uchun to‘rt maslahat
Nogironligi bo‘lgan bolalar uchun kunduzgi parvarish tizimi joriy qilinadi
Barcha oliy o‘quv yurtlarida adabiyot o‘qitilishi kerak!
“TABDIL ILMI” O‘QUV FANI – IJTIMOIY ZARURAT
OB-HAVO
0 C
Valyuta kurslari
Markaziy bank