Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligining nizomi tasdiqlandi

Jarayon Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligining nizomi tasdiqlandi
34

Prezidentning joriy yil 8-sentabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligi toʻgʻrisida”gi nizom tasdiqlandi.

Nizom Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligi maqomi, vazifa va funksiyalari, vakolatlari, huquq va majburiyatlari, faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.

Agentlik oʻrta maxsus, kasbiy, oliy va oliy taʼlimdan keyingi taʼlim, kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, malakalarni baholash sohalarida tashqi sifat nazoratini amalga oshiruvchi maxsus vakolatli davlat organi hisoblanadi.

Agentlikning asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi, jumladan:

– taʼlim tashkilotlarida ichki sifat nazorati mezonlari va tartiblarini takomillashtirish hamda samarali amalga oshirish yuzasidan uslubiy tavsiyalar berish;


– taʼlim tashkilotlarida taʼlim sifatini taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlar samaradorligini oʻrganish yuzasidan ilmiy va amaliy tadqiqotlarni olib borish hamda soʻrovnomalar oʻtkazish.


Agentlik tuzilmasiga Agentlikning markaziy apparati hamda Milliy malaka tizimini rivojlantirish instituti kiradi.

Maqola muallifi

Muxbirlarimiz

Muxbirlarimiz

"Ma'rifat" muxbiri

Teglar

  • #Ta'lim

Ulashish