Tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarning kirish imtihonlari 10–12-iyul kuni bo‘lib o‘tadi

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalarida Tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarning kirish imtihonlari 10–12-iyul kuni bo‘lib o‘tadi
30

⚡️Tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarning kirish imtihonlari 10–12-iyul kuni bo‘lib o‘tadi


 Joriy yilning 10–12-iyul kunlari Muhammad al-Xorazmiy, Mirzo Ulugʻbek hamda Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktablari uchun kirish imtihonlari o‘tkaziladi. 


📍 Kirish imtihonlari talabgorlarning o’z hududlarida – Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida bo’lib o’tadi. 


📍Yaʼni hududlardan mazkur maktablarga hujjat topshirgan oʻquvchilarning imtihonda qatnashishi uchun Toshkent shahriga kelishlari talab etilmaydi.  


❗️Diqqat, Toshkent shahridagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi hamda mazkur maktabning Nukus, Andijon, Buxoro, Fargʻona, Guliston, Jizzax, Samarqand, Urganch shaharlaridagi filiallari uchun kirish imtihoni bir vaqtda bo‘lib o‘tadi. 


🧭 Talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun 105 daqiqa vaqt beriladi.


❗️ Eslatib o‘tamiz, talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun belgilangan vaqtdan (105 daqiqa) tashqari, kirish imtihonining javoblar varag‘ini belgilash uchun qo‘shimcha vaqt berilmaydi.


📩 Imtihon ruxsatnomasini yuklab olish uchun talabgorning arizada kiritilgan telefon raqamlariga sms-xabarnoma yuboriladi. 


📍Shundan so‘ng, imtihon o‘tkaziladigan joy nomi va vaqti to‘g‘risidagi ma'lumotlar qayd etilgan ruxsatnomani shaxsiy kabinetingiz orqali yuklab olishingiz mumkin. 


 Shaxsiy kabinet havolasi: https://ariza.piima.uz/application/cabinet



Maqola muallifi

Muxbirimiz

Muxbirimiz

Jurnalist

Teglar

  • #Ta'lim
  • #Yoshlar
  • #Gazeta

Ulashish