Toifa sertifikati bor pedagoglar ham kasbiy sertifikat olishlari kerakmi?

Hukumatning 2024-yil 2-fevraldagi 87-son qaroriga muvofiq, toifa sertifikati bor boʻlgan yoki toifa testlarida “mutaxassis lavozimini saqlangan” pedagoglardan kasbiy Sertifikat talab qilinmaydi.
Ushbu nizomning 3-bandi (yangi tahrirda): stajyor-oʻqituvchilar bir yilga ishga qabul qilinadilar, muddat yakunlangandan soʻng, faqat kasbiy sertifikat olgan yoki navbatdan tashqari pedagog kadrlar attestatsiyasida ishtirok etib, kamida mutaxassis (oliy maʼlumotli oʻqituvchi) lavozimi saqlangan darajada koʻrsatkichga ega boʻlgan pedagoglar bilan belgilangan tartibda oʻqituvchi sifatida mehnat shartnomasi tuziladi.
2023/2024 oʻquv yilidan boshlab umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarida pedagog kasbiga birinchi marta ishga qabul qilingan stajyor-oʻqituvchilar, 2024/2025 oʻquv yilidan boshlab esa pedagoglar attestatsiyasidan oʻta olmagan, mutaxassis (oliy maʼlumotli oʻqituvchi) lavozimiga muvofiq emas deb topilgan pedagog kadrlar ham kasbiy sertifikatlash sinovlariga jalb etilishi belgilangan.
Kasbiy sertifikat — nazorat sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan jismoniy shaxsga pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini beradigan, cheklanmagan muddatga beriladigan QR-kod qo‘yilgan davlat namunasidagi hujjat.
Talabgor – kasbiy sertifikat olishga daʼvogar boʻlgan davlat umumiy oʻrta taʼlim tashkilotidagi hamda avval kasbiy sertifikatlashda ishtirok etib oʻta olmagan stajyor-oʻqituvchi yoki mutaxassis lavozimidagi, shuningdek pedagoglar attestatsiyasidan oʻta olmagan, mutaxassis (oliy maʼlumotli oʻqituvchi) lavozimiga muvofiq emas deb topilgan pedagog kadrlar.
Shu kecha va kunduzda
Toifa sertifikati bor pedagoglar ham kasbiy sertifikat olishlari kerakmi?
“El-yurt umidi” jamg‘armasiga hujjat topshirgan nomzodlar qaysi hollarda test sinovlaridan ozod etiladi?
Bolalar soni eng kam bo‘lgan mamlakatlar ma’lum qilindi
Sun’iy intellekt yordamidan foydalanilmagan suratlar
OB-HAVO

0 C
Valyuta kurslari
Markaziy bank
Mavzuga doir

“El-yurt umidi” jamg‘armasiga hujjat topshirgan nomzodlar qaysi hollarda test sinovlaridan ozod etiladi?

Bolalar soni eng kam bo‘lgan mamlakatlar ma’lum qilindi

Nahotki, mana shunday o‘ta gʻaliz va chuchimal narsalarni kelajagimiz egalari bo‘lgan bolajonlarimizning maktab dasturiga kiritish mumkin bo‘lsa?
