“Yaponiya maktab ta’limi” va “Yaponiyada axloqiy tarbiya”

Jarayon “Yaponiya maktab ta’limi” va “Yaponiyada axloqiy tarbiya”
57


Yaponiyaning maxsus ta’lim muassasasida boshlang‘ich ta’lim o‘quvchilarining o‘quv jarayonlari bilan tanishdik. Shuningdek, Suginami xalq ta’limi boshqarmasiga tashrif buyurib, boshqarma boshlig‘i va a’zolari bilan ikki davlat ta’lim tizimi haqida savol-javob shaklida suhbat o‘tkazildi.




Delegatsiya vakillari jarayon davomida Yaponiya ta’lim tizimi bilan tanishib, yangi bilim va ko‘nikmalarni egalladi.




Uchrashuv doirasida O‘zbekiston Respublikasining Yaponiyadagi elchixonasida “Yaponiya maktab ta’limi” va “Yaponiyada axloqiy tarbiya” mavzularida ma’ruzalar tashkil etildi. Shuningdek, “Koyendzi Gakuen” boshlang‘ich maktabi faoliyati bilan tanishish, Gakugey universitetida “Yaponiyada pedagog kadrlarni tayyorlash tizimi” hamda Soka universitetida “Yaponiya ta’lim tizimi” haqida taqdimotlar o‘tkazilishi  ham ko‘zda tutilgan.

Dildora TURSUNOVA,

 Toshloq tumanidagi 4- maktabning boshlangʻich sinf oʻqituvchisi 

Maqola muallifi

Muxbirimiz

Muxbirimiz

Jurnalist

Teglar

  • #Ta'lim
  • #Yoshlar
  • #Gazeta

Ulashish