Aliment to‘laysiz, ammo ishsizmisiz?

Bilasizmi? Aliment to‘laysiz,  ammo ishsizmisiz?
534

Zamonamizning eng muammoli masalalari orasida “aliment” mavzusi hatto dunyo miqyosida dolzarbdir. “Aliment” − lotinchadan olingan bo‘lib, “alumentum” – qaramog‘idagi, boqimidagi degan ma’noni anglatadi. Ya’ni bir shaxsning boshqa shaxsga majburan yoki ixtiyoriy ravishda to‘laydigan nafaqasi. Bu to‘lovlar sud qarori yoki ikki tomonlama kelishuv asosida belgi­lanishi mumkin. Agar aliment to‘lovchi shaxs ishsiz bo‘lsa, bu masala yanada og‘irlashadi. 


Ishsizlik payti aliment to‘lovlarini amalga oshirishda quyidagi jihatlarni hisobga olish mumkin: ishsizlik to‘lovi, masalan, aliment to‘lovchining muqim ishi yoki ma’lum bir daromad kelib turadigan joyi bo‘lmasa, ishsiz­lik to‘lovini olishga ariza berishi mumkin. Shu­ningdek, moliyaviy holati o‘zgarishi bilan u aliment miqdorini qayta ko‘rib chiqish uchun sudga murojaat qilsa bo‘ladi. Sud yangi sharoitini hisobga oladi. 


Aliment miqdori, asosan, ota-onaning daromadidan kelib chiqib belgilanishi mumkin. Misol uchun, ota-onaning umumiy daromadi 2 000 000 so‘m bo‘lsa, aliment miqdori 25% (500 000 so‘m) yoki 30% (600 000 so‘m) etib belgilanadi. Shuningdek, davlat ishsizlik to‘lovi odatda ish haqining 40 foizigacha to‘lanadi. Agar siz 1 500 000 so‘m maosh olgan bo‘lsangiz, ishsizlik to‘lovi taxminan 600 000 so‘m bo‘lishi mumkin. Xayriya sifatida olingan pullarni vaqtincha aliment uchun sarflash imkoni mavjud. 


Aliment to‘lovlari haqida gap ketganda qonuniy asos sifatida O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksini misol qilib keltiramiz. Oila kodeksining 99-moddasida ota-onaning voyaga yetmagan bolalariga to‘laydigan aliment miqdori haqida gap ketadi. Ya’ni agar voyaga yetmagan bolalariga ta’minot berish haqida ota-ona o‘rtasida kelishuv bo‘lmasa, ularning ta’minoti uchun aliment sud tomonidan ota-onaning har oydagi ish haqi va (yoki) boshqa daromadining bir bola uchun – to‘rtdan bir qismi; ikki bola uchun – uchdan bir qismi; uch va undan ortiq bola uchun – yarmi miqdorida undiriladi. Bu to‘lovlarning miqdori taraflarning moddiy yoki oilaviy ahvolini va boshqa e’tiborga loyiq holatlarni hisobga olgan holda sud tomonidan kamaytirilishi yoki ko‘paytirilishi mumkin. Har bir bola uchun undiriladigan aliment miqdori qonunchilik bilan belgilangan mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 26,5 foizidan kam bo‘lmasligi kerak.

   

Muxlisa XAYRULLAYEVA,

TDYU talabasi

Maqola muallifi

Amaliyotchilar

Amaliyotchilar

Talaba

Teglar

  • #Ta'lim
  • #Yoshlar
  • #Gazeta

Ulashish