Andijonda Sherali Jo‘rayev nomidagi musiqa va sanʼat maktabi ochiladi

Andijon shahridagi sanʼat maktabi negizida Sherali Jo‘rayev nomidagi musiqa va sanʼat oliy maktabi tashkil etiladi. Bu haqda prezident axborot xizmati xabar berdi.
2025-yil 28-iyul kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev madaniyat va sanʼat sohasida boshqaruvni takomillashtirish, hunarmandchilikni rivojlantirish bo‘yicha takliflar taqdimoti bilan tanishgan.
Mazkur taqdimot davomida davlat rahbari Andijon viloyatiga tashrifi chog‘ida O‘zbekiston xalq artisti Sherali Jo‘rayev xotirasini abadiylashtirish tashabbusini ilgari surgan. Shu munosabat bilan, Andijon shahridagi sanʼat maktabi negizida Sherali Jo‘rayev nomidagi musiqa va sanʼat oliy maktabi tashkil etilishi belgilangan.
Yangi tashkil etilayotgan oliy taʼlim muassasasida ilmiy-ijodiy laboratoriya faoliyati yo‘lga qo‘yilib, Sherali Jo‘rayev ijodiga oid “Oltin fond” yaratiladi. Zamonaviy ovoz yozish va tasvirga olish studiyasi tashkil etilib, iqtidorli yosh ijodkorlar undan imtiyozli foydalanishi mumkin bo‘ladi.
Shuningdek, har yili Sherali Jo‘rayev nomidagi milliy qo‘shiqchilik tanlovini o‘tkazish rejalashtirilgan.
Shu kecha va kunduzda
“Prezident sovg‘alari” karvoni
XATARLI GIRDOB
Ilgʻor pedagoglar hamda iqtidorli oʻquvchilarga dam olish maskanlariga bepul yoʻllanma beriladi
VATAN UCHUN, MILLAT UCHUN, XALQ UCHUN!
OB-HAVO

0 C
Valyuta kurslari
Markaziy bank