Bog‘chada bola kaltaklanishi oqibatida oyog‘i sindi

Daxldorlik Bog‘chada bola kaltaklanishi oqibatida oyog‘i sindi
74

Ijtimoiy tarmoqlarda “Bog‘chada bola kaltaklanishi oqibatida oyog‘i sindi” sarlavhasi ostida tarqalgan video yuzasidan.

Mazkur holatga Bolalar ombudsmani tomonidan munosabat bildirildi.


Aniqlanishicha, joriy yilning 22-yanvar kuni Toshkent shahar Sergeli tumanida joylashgan maktabgacha ta’lim muasasasining tarbiyachi yordamchisi  Y.M (1997-yilda tug‘ilgan, ayol) go‘yoki xarxasha qilayotgan bolani tinchlantirish maqsadida S.A ni (2023-yilda tug‘ilgan o‘g‘il bola) boshiga urib, so‘ng qo‘pol harakatda uni ko‘tarib boshqa xonaga olib chiqayotganda qoqilib yiqilgan, natijada bolaning chap oyog‘i singan.


Bolaning ota-onasiga bog‘cha ma’muriyati tomonidan o‘g‘li o‘zi yiqilib oyog‘i singanligi va Sergeli tuman tibbiyot birlashmasiga olib kelinganligi to‘g‘risida xabar berilgan.  Bolaga  “chap oyoq son suyugi singanligi” tashxisi qo‘yilgan.

Shundan so‘ng ota-ona bog‘cha ma’muriyatidan kuzatuv kameralar yozuvlarini ko‘rsatishni talab qilgan.


Hozirda Sergeli tumani IIB FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.



Bu borada qo‘shimcha ma’lumot beriladi.

Maqola muallifi

Muxbirimiz

Muxbirimiz

Jurnalist

Teglar

  • #Ta'lim
  • #Yoshlar
  • #Gazeta

Ulashish