Dunyo bo‘ylab qancha qiz bola ta'lim olmoqda?
UNESCO ma’lumotlariga ko‘ra, 2015-yildan buyon dunyo bo‘ylab 50 milliondan ortiq qiz maktabga qabul qilingan.
Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan Yagona Ta’limni Kuzatish Hisoboti yangi hisob-kitoblarni e’lon qildi. 2015-yildan beri dunyo bo‘ylab 50 milliondan ortiq qiz maktabga qabul qilingan. Shuningdek, har bir ta’lim bosqichini yakunlayotgan qizlarning soni ham 5 millionga ko‘paygan.
Bu yutuqlar 2030-yilgacha qolgan yillarda qo‘shimcha harakatlarni talab qiladi, chunki bugungi kunda dunyo bo‘ylab 122 million qiz hali ham maktabga bormagan.
Qizlar ta’limidagi asosiy tendensiyalar nimalar?
UNESCOning Statistikalar instituti tomonidan taqdim etilgan yangi ma’lumotlarga ko‘ra, 2015-yildan beri boshlang‘ich maktabda 22,5 million, o‘rta bosqichda 14,6 million va yuqori o‘rta ta’limda 13 milliondan ortiq qizlar ta’lim olishni boshlagan. Qizlarning ta’limni yakunlashi boshlang‘ich ta’limda 86 % dan 89 % gacha, o‘rta bosqichda 74 % dan 79 % gacha, yuqori o‘rta ta’limda esa 54 % dan 61 % gacha oshgan. Demak, 2015-yildan beri har bir ta’lim bosqichini yakunlayotgan qizlarning soni 5 millionga ko‘paygan.
Dunyo bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkichlarga qaraganda, qizlar endi barcha ta’lim bosqichlarida va mamlakatlar bo‘ylab o‘qish bo‘yicha o‘g‘il bolalardan ustun. Ular matematika fanida o‘g‘il bolalar bilan bir xil natijalar ko‘rsatmoqda.
Aksariyat ta’lim ololmayotgan qizlar qayerda?
Sub-Saharo Afrika hududida, qizlar maktabga borish ehtimoli juda kam. Boshlang‘ich va o‘rta maktab ta’limiga qatnashmaydigan bolalarning yarmidan ko‘pi Afrika davlatlarida yashaydi.
Qizlar va yosh ayollar holati umumiy ravishda keskin yaxshilangan bo‘lsa-da, ayrim hududlardagi joylashuv va kambag‘allik tufayli yoki boshqa ijtimoiy va madaniy kamchiliklarga duch kelmoqda. Masalan, Afg‘onistonda qizlarning ta’limdan massaviy chetlatilishi sababli, 60 % qizlar boshlang‘ich maktabga borolmaydi (bu ko‘rsatkich o‘g‘il bolalarda 46 %), va 74 % qizlar o‘rta bosqichni tamomlay olmaydi(o‘g‘il bolalar uchun bu ko‘rsatkich 50 %).
UNESCO qizlarning ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirish uchun nimalar qilishni taklif etadi?
UNESCO hukumatlar va hamkorlarni quyidagi muhim sohalarga tezkor investitsiyalar kiritishga chaqiradi, 2030-yilgacha barcha qizlar to‘liq asosiy ta’limni tamomlashini ta’minlash uchun:
• Marjinal qizlarning(jamiyatda o‘zining haqli o‘rni va imkoniyatlarini yo‘qotgan, chetlatilgan yoki ijtimoiy ravishda ajratilgan qizlar) 12 yil davomida xavfsiz, bepul va sifatli ta’lim olishiga yordam berish;
• Mamlakatlarning genderga qarab ajratilgan ma’lumotlarini to‘plash, tahlil qilish va undan foydalangan holda siyosat ishlab chiqish qobiliyatini kuchaytirish;
• Genderga mos keladigan qonuniy ramkalar, ta’lim sektori rejalashtirish, siyosatlar, tahlillar, budjetlar va amalga oshirishni institutsionalizatsiya qilish;
• Darsliklarda va o‘quv dasturlarida ayollar va qizlarning teng vakillik huquqini ta’minlash, stereotiplar va gender me’yorlariga qarshi materiallarni kiritish;
• Har bir ta’lim bosqichida, ayniqsa rahbarlik lavozimlarida tayyorlangan ayollar bilan ta’minlash;
• Oilalar uchun to‘g‘ridan to‘g‘ri va bilvosita xarajatlarni kamaytirish, moddiy ko‘mak, stipendiyalar va yordamlar orqali;
• Maktablarda ovqatlanish va sanitariya-gigiyena vositalarini ta’minlash, maktablar va jamoalarda zo‘ravonlikning ildiz sabablarini hal qilishga qaratilgan kompleks yondashuvni qo‘llash;
• Qizlarga va o‘g‘il bolalarga xavfsiz va sog‘lom bo‘lishni, o‘zlarini qanday himoya qilishni va bir-birlarini hurmat qilishni o‘rgatadigan dasturlarni amalga oshirish;
• COVID-19 pandemiyasidan keyin davrni genderni o‘zgartirish ta’lim tizimlarini qurish uchun noyob imkoniyat sifatida foydalanish, maktablarni qayta ochish tizimiga butun tizimli yondashuvni joriy etish va barcha qizlarni maktablarga qaytarish choralarini ko‘rish.
Shu kecha va kunduzda
“Dunyodagi eng katta aysberg bir yil davomida nechi foizini yo‘qotdi?”
“Tashabbusli budjet” joriy yilning 1-fevralidan birinchi mavsumiga start beradi
Turkiy davlatlar xalqaro universiteti tashkil etiladi
Dunyo bo‘ylab qancha qiz bola ta'lim olmoqda?
OB-HAVO
0 C
Valyuta kurslari
Markaziy bank