“Xalqaro bolalar kitobi kuni”

Jarayon “Xalqaro bolalar kitobi kuni”
51



2-aprel  ̶  “Xalqaro bolalar kitobi kuni” munosabati bilan Uchtepa tumanidagi 287-maktabning 4-“A” sinf o‘quvchilari ishtirokida “Kitobxonlik – ma’naviyat ko‘zgusi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirning asosiy maqsadi o‘quvchilarda kitobga bo‘lgan mehrni oshirish, mutolaa madaniyatini rivojlantirish hamda ularning dunyoqarashini kengaytirishdan iborat bo‘ldi.


Tadbir davomida o‘quvchilar o‘zlarining sevimli asarlari haqida so‘zlab berdilar, sahna ko‘rinishlari orqali badiiy asarlardagi qahramonlarni jonlantirdilar. Ayniqsa, ifodali o‘qish, she’r aytish va rollarga kirib ijro etilgan chiqishlar tadbirga o‘zgacha ruh va zavq bag‘ishladi. 


Shuningdek, tadbir doirasida turli nominatsiyalar bo‘yicha faol o‘quvchilar taqdirlanib, kitobxonlikka oid savol-javoblar, qiziqarli sahna ko‘rinishlari hamda bellashuvlar orqali o‘quvchilarning bilimlari sinovdan o‘tkazildi.


Tadbir yakunida ustozlar kitobning inson hayotidagi o‘rni, uning ma’naviy kamolotdagi beqiyos ahamiyati haqida alohida to‘xtalib o‘tishdi. Ta’kidlanganidek, kitob  ̶ insonni fikrlashga, izlanishga va yuksalishga undovchi bebaho manbadir.


Mazkur tadbir o‘quvchilarda kitobxonlik madaniyatini shakllantirish, ularni bilim olishga undash hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishga xizmat qildi. Shubhasiz, bunday ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar yosh avlodning barkamol inson bo‘lib voyaga yetishida muhim o‘rin tutadi.

Dilshoda Bobomurotova, 

Xalq ta’limi a’lochisi, 

oliy toifali boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi.


Maqola muallifi

Muxbirimiz

Muxbirimiz

Jurnalist

Teglar

  • #Ta'lim
  • #Yoshlar
  • #Gazeta

Ulashish