Yosh shaxmatchilarni qutlaymiz!

Jarayon Yosh shaxmatchilarni qutlaymiz!
23



Bugun Xalqaro shaxmat akademiyasi binosida maktabgacha ta’lim tashkilotlarining tarbiyalanuvchilari oʻrtasida “Shaxmat festivali” musobaqasining respublika bosqichi o‘tkazildi.


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 8-maydagi “2026-yil Oʻzbekistonda boʻlib oʻtadigan 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasiga kompleks tayyorgarlik koʻrish hamda shaxmatni ommaviy harakatga aylantirishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari oʻrtasida “Shaxmat festivali” musobaqalarini tashkil etish vazifasi belgilangan edi. Shu munosabat bilan Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining tegishli buyrugʻi bilan tasdiqlangan “Maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari oʻrtasida “Shaxmat festivali” musobaqalarini oʻtkazish toʻgʻrisidagi nizom”ga muvofiq maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyalanuvchilari oʻrtasida “Shaxmat festivali” musobaqasining maktabgacha ta’lim tashkiloti bosqichi joriy yil fevral oyining ikkinchi oʻn kunligida, tuman(shahar) bosqichi fevral oyining uchinchi oʻn kunligida, viloyat bosqichi mart oyining birinchi oʻn besh kunligida oʻtkazilgan edi.


Shuni ta’kidlash lozimki, musobaqada maktabgacha taʼlim tashkilotining 5–7 yoshli tarbiyalanuvchilari yakka tartibda ishtirok etdi. Mazkur musobaqada 31 398 nafar tarbiyalanuvchi ishtirok etib, ulardan 4 146 nafari nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari boʻlib, ishtirokchilarning 19 292 nafarini oʻgʻil bolalar va 12 235 nafarini qiz bolalar tashkil etdi.




“Shaxmat festivali” musobaqasining respublika bosqichida jami 28 nafar(14 nafari oʻgʻil va 14 nafari qiz) tarbiyalanuvchilar oʻzaro bellashishdi.


Musobaqa yakuniga ko‘ra:

1-o‘rin – Toshkent shahri, Yunusobod tumani 424-sonli DMTT tarbiyalanuvchisi Said Xalilov Jamshid o‘g‘li;

2-o‘rin – Samarqand viloyati, Oqdaryo tumani 6-sonli DMTT tarbiyalanuvchisi Ibrohimjon Tolibjonov Sanjar o‘g‘li;

3-o‘rin – Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri 18-sonli DMTT tarbiyalanuvchisi Doniyorjon Rozikjonov Dalerovichga nasib etdi.


Musobaqa natijasiga ko‘ra g‘oliblikni qo‘lga kiritgan qiz bolalar:

1-o‘rin – Qashqadaryo viloyati, Qarshi tumani “Mansurova Zarina” ONMTT tarbiyalanuvchisi Shukrona Saidbaxromova To‘lqinjon qizi;

2-o‘rin – Namangan viloyati, Davlatobod tumani 54-sonli DMTT tarbiyalanuvchisi Sohiba Baxtiyorova Abdumalik qizi;

3-o‘rin – Farg‘ona viloyati, Oltiariq tumani 11-sonli DMTT tarbiyalanuvchisi Enaxon G‘ayratjonova Sohibjon qizini chin qalbdan muborakbod etamiz!

Maqola muallifi

Dilafro‘z ABDURAJABOVA

Dilafro‘z ABDURAJABOVA

"Ma'rifat" muxbiri

Teglar

  • #Sport
  • #Ta'lim

Ulashish