❗️Bolani 1-sinfga qabul qilish uchun qanday tibbiy ma’lumotnomalar kerak?

Bilarmidingiz? ❗️Bolani 1-sinfga qabul qilish uchun qanday tibbiy ma’lumotnomalar kerak?
28

❗️Bolani 1-sinfga qabul qilish uchun qanday tibbiy ma’lumotnomalar kerak?


✅ Umumta’lim maktabining 1-sinfiga qabul qilingan bolaning o‘qish jarayonlariga moslashuvi ta’limning asosiy bosqichi hisoblanadi. Bunda ularning ham jismonan, ham ruhan sog‘lom bo‘lishi muhim ahamiyatga ega.


🖥 Shu bois yurtimizda bolalarni maktabga qabul qilishda ota-onalardan bir qancha tibbiy ma’lumotnomalar talab qilinadi.


❓ Xo‘sh, ular qaysi?


👩‍⚕️ Ushbu savolga Toshkent shahar sog‘liqni saqlash boshqarmasi bosh pediatri Dilobar Hidoyatova batafsil javob berdi.


📝 — 2020 yilning 23 sentyabrida “Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga o‘zgartish kiritilib, unga ko‘ra, umumta’lim maktablarining 1-sinfiga qabul yoshi 7 yosh etib belgilangan, — deydi mutaxassis.

📋 — Agar bola maktabgacha ta’lim muassasasiga borgan bo‘lsa, ular bog‘cha davridayoq, hududiy oilaviy poliklinika mutaxassislari tomonidan doimiy ravishda barcha tibbiy ko‘riklardan o‘tkaziladi va ularning sog‘lomligini tasdiqlovchi 026-shaklidagi tibbiy ma’lumotnoma qabul komissiyasiga taqdim etiladi.

🩺 Biroq bola bog‘chaga bormagan bo‘lsa, Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 27 iyuldagi tegishli buyrug‘iga binoan 026-shaklidagi tibbiy ma’lumotnomani olish uchun hududiy oilaviy poliklinikada yo‘llanma asosida stomatolog, endokrinolog, ortoped, oftalmolog, logoped, psixonevrolog va oila shifokori kabi tor soha mutaxassislari tomonidan tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi.


🌡 Umumiy qon va peshob hamda 3 marta gijjaga qarshi laborator tahlillar olinadi.


💉 Qolaversa, Milliy profilaktik emlash kalendariga muvofiq virusli gepatit V, sil, poliomiyelit, rotavirus infeksiya, bo‘g‘ma, qoqshol, ko‘kyo‘tal, Xib infeksiya, qizamiq, epidparotit, pnevmokokk infeksiya kabi xastaliklarga qarshi vaksina olganligi haqida 063-shakldagi tibbiy ma’lumotnoma talab qilinadi.


©️Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati.


Maqola muallifi

Muxbirimiz

Muxbirimiz

Jurnalist

Teglar

  • #Ta'lim
  • #Yoshlar
  • #Gazeta
  • #Maktab

Ulashish