⚙️ Bu qanday ishlaydi?
2026-yil 1-yanvardan Jismoniy tarbiya-sport tashkilotlarining trener-o'qituvchilari va yo'riqchi-uslubchilariga malaka toifalarini berish proaktiv tarzda amalga oshiriladi.
⚙️ Bu qanday ishlaydi?
1️⃣ Sport tashkilotlari hamda Jismoniy tarbiya va sport bo'yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti trener-o'qituvchilar va yo'riqchi-uslubchilar haqidagi ma’lumotlarni “ERP sport” elektron tizimiga doimiy kiritib boradi.
2️⃣ Ma’lumotlar to‘liq shakllangandan so‘ng, 1 ish kuni ichida “ERP sport” tizimi orqali trener-o'qituvchi va yo'riqchi-uslubchilarning ko'rsatkichlari baholanadi va malaka toifasi to'g'risida guvohnoma rasmiylashtiriladi.
3️⃣ Bu haqida trener-o'qituvchi va yo'riqchi-uslubchilarga SMS-xabarnoma yuboriladi.
4️⃣ To'lov amalga oshirilganidan so‘ng, "ERP sport" tizimidagi shaxsiy kabinet orqali malaka toifasi guvohnomasini elektron shaklda yuklab olinadi.
💵 Xizmat narxi — BHMning 1 baravari.
Shu kecha va kunduzda
Markaziy Osiyoda bandlik va farovonlik masalalari Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazida muhokama qilindi
PISA Boshqaruv kengashining 60-yubiley sessiyasi
Yana bir Osiyo chempioni
MIKROFON OLDIDA MAS’ULIYAT – YO‘QOLGAN QADRIYATMI?
OB-HAVO
0 C
Valyuta kurslari
Markaziy bank