Chet eldagi TOP-100 talikka kirgan oliygohlarning filiallari ochiladi

Jarayon Chet eldagi TOP-100 talikka kirgan oliygohlarning filiallari ochiladi
28

Ayni paytda Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘qituvchi va murabbiylar kuni arafasida soha xodimlari bilan muloqot o‘tkazmoqda.


Oliy ta’limdagi islohotlardan asosiy maqsad O‘zbekistonni mintaqaviy ta’lim va ilm-fan xabiga aylantirish ekani ta’kidlandi.

Shu bilan birga, oliygohlarimizda xorijiy TOP-500 talik universitetlar bilan axborot texnologiyalari, sun’iy intellekt, agrotexnologiya, tibbiyot, “yashil” energetika kabi ustuvor yo‘nalishlarda qo‘shma ta’lim dasturlari yo‘lga qo‘yiladi.

Bundan tashqari, chet eldagi TOP-100 talikka kirgan oliygohlarning filiallari ochiladi. Bu maqsadlarga erishish uchun kelgusi yilda 10 dan ziyod xalqaro tashkilotlar, 500 ta nufuzli oliygoh rektorlari, 1 mingdan ortiq xalqaro ekspertlar ishtirokida Markaziy Osiyo xalqaro ta’lim forumi o‘tkaziladi.


Xorijlik talabalar soni 5 barobarga oshirilib, ta’lim eksporti 200 million dollarga yetkaziladi.

Maqola muallifi

Muxbirimiz

Muxbirimiz

Jurnalist

Teglar

  • #Ta'lim

Ulashish