Poytaxt oʻqituvchilar shodiyonasiga toʻldi

Ehtirom Poytaxt oʻqituvchilar shodiyonasiga toʻldi
22

“1-oktabr — Oʻqituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan 14–16-sentabr kunlari asosiy bayram tadbirlari va madaniy-ma’rifiy uchrashuvlar tashkil etilishi rejalashtirilgan edi. 


Bugun mazkur bayram tadbirlari katta tantana va koʻtarinki ruhda boshlandi.  Poytaxtimizdagi qator davlat va jamoat tashkilotlari, madaniyat va ta’lim maskanlari ustoz-muallimlarning bayram tantanalari bilan toʻldi.   


Kunning birinchi qismida respublikamizning turli hududlaridan tashrif buyurgan eng fidoyi ustozlar Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyiga jamlandi.



Bayram tadbirlarida mamlakatimizning barcha hududlaridan kelgan 250 nafarga  yaqin maktabgacha, maktab, oliy taʼlim muassasalari xodimlari hamda davlat mukofotlari sohiblari, uzoq yillar tizimda faoliyat yuritgan ustozlar, taʼlim fidoyilari va masʼullari ishtirok etishmoqda.


Kunning ikkinchi qismida tadbirlar poytaxtimizdagi "Adiblar xiyoboni"da davom etdi. 



Madaniy sayohat avvalida pedagoglar Milliy bogʻ hududida joylashgan buyuk bobokalonimiz Alisher Navoiy haykali poyida taniqli ijodkorlar ishtirokida tashkil etilgan adabiy tadbirda qatnashishdi. 


Shuningdek, ustozlar xiyobondagi taniqli shoir va yozuvchilarning haykallari atrofida tashkil etilayotgan maʼnaviy-maʼrifiy muloqotlarda ishtirok etishdi.


Bugungi tadbirlar madaniy hordiq chiqarish bilan davom ettirilishi koʻzda tutilgan. Birozdan soʻng Muqimiy nomidagi oʻzbek davlat musiqali teatrida oʻqituvchi va murabbiylar uchun “Zamon avloniysi” spektakli namoyish etiladi.

Maqola muallifi

Muxbirimiz

Muxbirimiz

Jurnalist

Teglar

  • #Ta'lim
  • #O‘quvchi

Ulashish