“DOLZARB 90 KUN” 152-Maktab faoliyatida

Bolalik – inson hayotidagi eng go‘zal davr. Ammo vaqt tinim bilmay chopqillaydi. Shu sababli ham uning har lahzasidan unumli foydalanish imkon boricha hayotni yaxshiroq anglash, manfaatli ishlarga sarflash lozim.
Shu bois bugun yurtimizda yoshlarning o‘qishi, kasb-hunarli bo‘lishi hamda ularning bo‘sh vaqtini samarali o‘tkazish davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. “Dolzarb 90 kun” loyihasi ana shunday oydin rejalardan biri.
Loyiha bolalar uchun ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, teatr tomoshalari, sport musobaqalari, ichki turizm safarlari, harbiy-vatanparvarlik mashg‘ulotlari va yana ko‘plab yo‘nalishlar bo‘yicha tashkil etadigan tadbirlarni o‘z ichiga olmoqda. Jarayon Yashnobod tumanidagi 152-maktabda ham jadal davom etmoqda. “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida tashkil etilgan “Kamalak” yozgi bolalar oromgohi o‘quvchilarning yozini soz o‘tkazishga yordamchi bo‘layotir. Maktab hovlisidagi bolalarning ko‘zlaridagi quvonchni ko‘rgan kishi bir zum bolalikka qaytganday bo‘ladi.
Joriy yilning 2-iyun kunidan start olgan loyihada 9 ta to‘garak faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. To‘garaklar dushanbadan jumagacha, 8 dan 12 gacha davom etadi.
Xonalar yosh dasturchi, mini futboll, happy kids, ertaklar olamiga sayohat, yosh kitobxon, shaxmat-shashka, mo‘yqalam sohiblari, raqs, mohir qo‘llar kabi yo‘nalishlarga mos tarzda jihozlangan. Bolalarning qo‘l mehnati bilan yasagan buyumlar xonalarga o‘zgacha shukuh berib turibdi.
Loyiha boshlangandan buyon hozir 4-mavsum davom etyapti. Ushbu maskanda har bir mavsum ikki haftani o‘z ichiga olib, 20-25 nafar o‘quvchiga mo‘ljallangan to‘rtta guruhga bo‘lingan. Ha aytgancha, to‘garakka nafaqat o‘quvchilar, balki bog‘cha yoshidagi bolalar ham kelishadi.
Shuningdek, bolalarning madaniy hordiq chiqarishlari uchun hafta yakunida turli ekskursiyalar tashkil etiladi Biz o‘quvchilar bilan birga “Do‘stlik”, “Botanika” bog‘lariga, O‘zbekiston san’at tarixiy muzeyiga tashrif buyurib, ularning vaqtini yanada maroqli o‘tkazmoqdamiz ‒ deydi maktabning manaviy ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Shoira Ergashova Bu orqali yoshlar dam olish bilan birga tarixni o‘rganadi, tafakkurini kengaytiradi. Bolalarni chiniqtirish uchun haftada ikki marta basseynga ham olib boriladi.
Xulosa o‘rnida loyiha nafaqat bilim va mahoratni oshirmoqda, balki vatanparvarlik, ijtimoiy faollik, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga ham xizmat qilmoqda. Yoshlarning salohiyatini o‘stirish, yozni yorqin, ijodiy va samarali o‘tkazishda “Dolzarb 90 kun” eng qulay imkoniyatlar yaratgan tashabbusdir. Bu kabi loyihalarning miqiyosini kengaytirish, ularning doimiy takomillashtirib borish – kelajagimiz egalari bo‘lgan o‘quvchilarning har tomonlama yetuk bo‘lib ulg‘ayishiga yordam beradi.
Feruza JO‘RAYEVA,
Muqaddam SAYDULLAYEVA,
OʻzJOKU talabalari
Shu kecha va kunduzda
“DOLZARB 90 KUN” 152-Maktab faoliyatida
Nazoratchilar abituriyentga test yechishda yordam berdimi?
“O‘ZBEK-OZAR RISHTALARI ABADIYAT SOHILIDA BOG‘LANMISHDIR...”
Yo‘qolgan bolalik
OB-HAVO

0 C
Valyuta kurslari
Markaziy bank