Yo‘qolgan bolalik

Dolzarb mavzu Yo‘qolgan bolalik
52

Tushdan keyin soat to‘rt-beshlar chamasi yo‘l-yo‘lakay 5-6 nafar boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga duch kelib qoldim: 


– Ikkinchi smenada o‘qiysizlarmi? 

– Uch kun matematikadan, uch kun chet tilidan pullik kurslarga qatnashamiz.

– Maktabda yaxshi o‘qitishmaydimi?

 – Uydagilar maktabga beriladigan bilim bilan o‘qishga kirolmaysan deyishadi. 

– Ertalabdan hozirgacha o‘qib, o‘qishdan zerikmaysizlarmi? 

– Zerikamiz, uydagilar pulini to‘laganmiz deb kursga borishga majbur qilishadi. Bizning ham boshqa bolalarday o‘ynagimiz keladi. 


Bolalarning horg‘in yuzlariga qarab rahmim kelib ketdi. Bu voqeaga ancha bo‘lgan bo‘lsa-da, eslasam hozir ham qiynalaman. Bu bolalar balki sinfida a’lochidir. Lekin tibbiyot talablariga asosan har kuni 4-5 soat dars mashg‘ulotlaridan keyin bolalar miyasi charchaydi. Undan ortiq mashg‘ulotlar bolalarning miya faoliyatiga, ularning ruhiyatga salbiy ta’sir ko‘rsatmasligiga kim kafolat beradi?  Bolalarning tez-tez asabiy bo‘lishlari shundan emasmikan?


Po‘lat MANSUR,

faxriy o‘qituvchi

Maqola muallifi

O‘qituvchi

O‘qituvchi

Oʻqituvchi

Teglar

  • #Ta'lim

Ulashish