Google neyrotarmog‘i yutqazish qo‘rquvi sabab shaxmat o‘ynashdan bosh tortdi

1977-yilgi Atari 2600 o‘yin pristavkasi dunyodagi eng kuchli neyrotarmoqlardan birini chekinishga majbur qildi.
Googleʼning yangi Gemini til modeli Atari 2600 o‘yin konsoli bilan shaxmat o‘ynashdan bosh tortdi. Sun’iy intellekt ushbu tizim oldingi gigantlar — ChatGPT va Microsoft Copilot ustidan g‘alaba qozonganidan xabar topganidan keyin shunday qarorga kelgan.
Noodatiy turnir tashabbuskori muhandis Robert Karuzo bo‘lib, u ilg‘or sun’iy intellektlarni Atari Chess’ga qarshi bahsga chiqargan. OpenAI texnologiyalari asosida yaratilgan chatbot mag‘lubiyatga uchragach, Karuzo Google kompaniyasining multimodal modeli imkoniyatlarini sinab ko‘rishga qaror qilgan.
Suhbat avvalida Gemini bo‘lajak bahs borasida o‘ziga ishonch bildirgan. Model o‘z raqibi «katta til modeli bo‘lmagani uchun» g‘alaba qozonishi mumkinligini ma’lum qilgan. U millionlab yurishlarni hisoblash qobiliyatiga ega o‘z imkoniyatlarini yuqori baholagan. Bunga javoban Karuzo undan oldin mag‘lubiyatga uchragan sun’iy intellekt ham maqtangani va oqibatda yutqazib qo‘yganini eslatgan.
Bu ma’lumot esa Gemini’ning harakatlarini tubdan o‘zgartirib yuborgan. Neyrotarmoq o‘z imkoniyatlarini yuqori baholab yuborganini tan olgan va unga «Atari 2600 Video Chess o‘yin konsoliga qarshi turish juda qiyin bo‘lishini» bildirgan. Risklarni baholagan sun’iy intellekt «vaqt nuqtai nazaridan bahsni bekor qilish eng samarali va oqilona yechim» bo‘lishini ma’lum qilgan.
Shunday qilib, 1,19 megagers prosessor va 128 baytli tezkor xotiraga ega 1977-yilgi Atari 2600 o‘yin pristavkasi dunyodagi eng kuchli neyrotarmoqlardan birini chekinishga majbur qildi
Shu kecha va kunduzda
Yo‘qolgan bolalik
Google neyrotarmog‘i yutqazish qo‘rquvi sabab shaxmat o‘ynashdan bosh tortdi
Xorijiy atamalarning o‘zbekcha muqobillari taklif etilmoqda
1-avgustdan maktab va bog‘cha xodimlari oyliklari 10 foizga oshiriladi
OB-HAVO

0 C
Valyuta kurslari
Markaziy bank