Endi nafaqalar ham proaktiv xizmat turiga kiradi

Jarayon Endi nafaqalar ham proaktiv xizmat turiga kiradi
98

Ma’lumki, 2025-yil 1-martdan boshlab nafaqa yoshiga yetgan fuqarolarga nafaqalar “avtomatik” tarzda, ya’ni hech qanday hujjat talab etmagan holda va fuqaroning murojaatisiz tayinlan adi.


Bu qanday amalga oshiriladi?


Fuqaroning shaxsiga oid barcha ma’lumotlar vazirlik va idoralarning elektron bazalaridan olinadi.

Buning natijasida:


•  Birinchidan, fuqarolardan nafaqa tayinlash uchun Pensiya jamg‘armasining hududiy bo‘linmasiga murojaat qilish talab etilmaydi;


•  ikkinchidan, nafaqa yoshiga yetgan fuqaroga qonunchilikda belgilangan talablar doirasida nafaqa tayinlash haqida qaror qabul qilinganida uning telefon raqamiga “tayinlanganligi va uning miqdori” to‘g‘risida sms yuboriladi.


Nafaqani rad etish huquqi ham mavjud


Shuningdek, nafaqaga chiqmasdan ish faoliyatini davom ettirish istagida bo‘lgan yoki pul miqdoridan norozi bo‘lgan fuqarolarga “avtomatik” tayinlangan nafaqani rad etish huquqi berilmoqda.

Fuqarolar nafaqa tayinlanganidan, uning miqdoridan yoki uning tayinlanishi rad etilganidan norozi bo‘lgan taqdirda Nafaqa jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limiga tegishli tartibda ariza bilan murojaat qilishlari mumkin.

Maqola muallifi

Muxbirimiz

Muxbirimiz

Jurnalist

Teglar

  • #Ijtimoiy hayot

Ulashish