“F” VA “J” NEGA AJRALIB TURADI? YOKI KO‘ZI OJIZ O‘QUVCHILARNING KLAVIATURADAN QULAY FOYDALANISHI

Klaviaturadan qulay foydalanish uchun avvalo unga yaxshilab nazar solish lozim. Maqsad: ingliz (lotin) harflari berilgan klaviaturaga qaramasdan yozishni o‘rganish.
Ma’lumki, lotin harflariga asoslangan tugmalarning joylashuvi familiyasi Qwerty bo‘lgan mutaxassis tomonidan joylashtirilgan. U klaviaturaning birinchi qatoriga o‘zining familiyasini “qwerty” qilib joylashtirgan. Shuning uchun hozir dunyoda eng ko‘p ishlatiladigan bu standart joylashuvli klaviatura “Qwerty klaviaturasi” deb ham ataladi. Standart “Qwerty klaviaturasi” ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchilarning kompyuterda ishlashi uchun juda qulay hisoblanadi.
Klaviaturaga qaramasdan matnlarni terish, funksiyalarni bajarish hozirgi zamonaviy ilmlardan biri hisoblanadi. Kompyuterda bajaradigan amallarimizdan asosiylari: hujjat yaratish, matn terish, mavjud hujjatlar ustida ishlash. Agar klaviaturaga qaramasdan yozish ko‘nikmasini o‘zlashtirmagan bo‘lsak, vaqtdan ancha yutqazamiz. Sababi, ko‘zi sog‘lom foydalanuvchi bir so‘zni harflarga ko‘z yugurtirib yozarkan 10–15 soniya ketadi. Tabiiyki, ko‘zi ojiz inson klaviaturaga qaray olmaydi. Ammo unda ham tez yozish ko‘nikmasi shakllanmagan bo‘lsa, har bir harfni bosib chiqib, eshitib, o‘ziga kerakli bo‘lmasa o‘chirib, keraklisini topishiga to‘g‘ri keladi. Bu esa kompyuterda ishlashni nihoyatda qiyinlashtiradi. Buning oldini olish uchun klaviaturaga qaramasdan yozish ko‘nikmasini shakllantirib olish lozim. Uni o‘rganishning usullari ko‘p: har xil dastur, onlayn darsliklar, maxsus mashqlar bilan to‘ldirilgan o‘yin saytlari.
Ko‘zi ojiz foydalanuvchilar uchun eng qulay va oson usul bu – klaviaturadagi tugmalarning joylashuvi va vazifasini yodlash hisoblanadi. Klaviaturadagi tugmalarning joylashuvini yodlash va tez yozish ko‘nikmasini qiziqarli tarzda o‘rganib olish uchun “so‘z o‘yini” mashqi katta yordam beradi. Ko‘zi ojiz foydalanuvchilar barcha ishlarni barmoq sezgilari va kichik fazoda mo‘ljal olish orqali bajaradi. Bu esa klaviaturadagi tugmalarning joylashuvini xotirada tez saqlab qolish imkonini beradi.
Klaviaturada barmoqlarning turishi
Rivojlangan davlatlarda “o‘nta barmoq” mashg‘ulotidan ko‘proq foydalaniladi va maktab dasturlariga kiritilgan. Bu mavzuda ishlash, o‘quvchilarda malaka hosil qilish uchun 10 soatlab vaqt berilgan.
Barmoqlar klaviaturada asosan uchta harflar qatori bilan ishlaydi. Barmoqlar asosiy qatorda turadi hamda pastki va yuqori qatorlarga tushib chiqadi.
Asosiy qatorda A S D F G H J K L ; ‘ \ harf va belgilari joylashgan. Har qanday klaviaturaning lotincha “F” va “J” harflari joylashgan tugmalarda boshqalariga nisbatan ajralib turadigan, biroz bo‘rtib chiqqan joyi bo‘ladi. Buning sababi ikki qo‘lning ko‘rsatkich barmoqlari shu tugmalarda turishi kerak va matn teruvchi ko‘rsatkich barmoqlarini klaviaturaga qaramasdan, tugmalarning bo‘rtib turgan joyini barmoq uchlari bilan his qilgan holda topib olishi mumkin. Shu tarzda, ikki qo‘lning ko‘rsatkich barmoqlari “F” va “J” harflariga, qolgan har ikki qo‘ldagi uchtadan barmoq ketma-ket joylashgan tugmachalar ustiga qo‘yiladi. Asosiy qatorda chap qo‘lning barmoqlari “A” da jimjiloq, “S” da ismsiz, “D” da o‘rta, “F” da ko‘rsatkich barmoqlar turadi. “G” ham ko‘rsatkich barmoq bilan bosiladi. O‘ng qo‘lning barmoqlari “J” da ko‘rsatkich, “K” da o‘rta, “L” da ismsiz, “;”: da jimjiloq barmoqlar turadi. “H” ni ham o‘ng qo‘lning ko‘rsatkich barmog‘i bilan bosiladi. “;” kam ishlatilgani uchun o‘quvchilarga jimjiloq barmoq “ ‘ ” belgisida turishini taklif etaman, shift bilan “ ; ” klavishlari birgalikda bosilsa “ : ” (ikki nuqta) bo‘ladi. Shift bilan “ ‘ ” klavishlari birgalikda bosilsa “ ” (so‘zdan oldin qo‘shtirnoq ochish, so‘zdan keyin qo‘shtirnoq yopish) belgilari bo‘ladi.
Yuqori qatorda Q W E R T Y U I O P [ ] harf va belgilar joylashgan.Yuqori qatorda chap qo‘lning barmoqlari “Q” da jimjiloq, “W” da ismsiz, “E” da o‘rta, “R” da ko‘rsatkich barmoqlar turadi. “T” ni ham ko‘rsatkich barmoq bilan bosiladi. O‘ng qo‘lning barmoqlari “U” da ko‘rsatkich, “I” da o‘rta, “O” da ismsiz, “P’ da jimjiloq barmoqlar turadi. “U” ni ham o‘ng qo‘lning ko‘rsatkich barmog‘i bilan bosiladi.
Pastki qatorda Z X C V B N M , . / harf va belgilar joylashgan. Pastki qatorda chap qo‘lning barmoqlari “Z” da jimjiloq, “X” da ismsiz, “C” da o‘rta, “V” da ko‘rsatkich barmoqlar turadi. B ni ham chap qo‘lning ko‘rsatkich barmog‘i bilan bosiladi. O‘ng qo‘lning barmoqlari “M” da ko‘rsatkich, “N” ni ham o‘ng qo‘lning ko‘rsatkich barmog‘i bilan bosiladi. “ , ” da o‘rta, “ . ” da ismsiz, “ / ” (slesh–qiyshiq tayoq) da jimjiloq barmoqlar turadi. Bosh barmoqlar bilan probel klavishi bosiladi. Agar so‘zning oxirgi harfini o‘ng qo‘lning barmog‘i yozsa, probelni chap qo‘lning bosh barmog‘i bosadi va aksincha.
Ko‘zi ojiz o‘quvchilarni klaviatura bilan tanishtirish bosqichlari:
• Klaviaturadagi harf va belgi, funksional tugmalarning joylashuvini brayl yozuvida o‘quvchilarga yozib berish. O‘quvchilar bilan birgalikda harflar ketma-ketligini 4-5 marta takrorlash kerak. Tugmalar joylashuvini yodlab kelish vazifa qilib topshirilishi zarur.
• Ko‘zi ojiz o‘quvchilar uchun “Nvda”, “screen reader” maxsus ovozli dastur yordamida klaviatura bilan tanishish juda qulay bo‘lib, Insert +1 tezkor klavishini bosish yetarli. Bu holatda klaviatura tugmalari bosilganda, ularning nomlari aytiladi, ammo funksiya bajarilmaydi. Bu funksiyani yoqib ko‘zi ojiz o‘quvchilarni klaviatura bilan to‘liq tanishtirish oson kechadi. O‘quvchilar klaviaturadagi barcha tugmalarni bosib ko‘rishi va joylashgan joyini yodda saqlab qolishi lozim.
• Barmoqlarni klaviaturaga to‘g‘ri qo‘yishni o‘rgatish. Klaviatura 2-bosqich holatida bo‘ladi. O‘qituvchi o‘quvchilarning barmoqlari asosiy, pastki va yuqori qatorlarga to‘g‘ri chiqib tushishini nazorat qilishi kerak. Alohida (1 qator) asosiy yoki yuqori qator harflaridan foydalanib so‘zlar yozib kelish vazifa qilib topshiriladi.
• “Klaviaturada so‘z o‘yini”.
Faqat shu qatorda berilgan harflardan foydalanib so‘zlar yasash kerak. Bir harf bir so‘zda bir necha bor ishlatilishi mumkin. Bu o‘yinni amalda qo‘llash, ko‘zi ojiz o‘quvchilarning klaviaturada joylashgan tugma(klavish)lardagi belgilarning o‘rnini yodda saqlashlarida katta ahamiyatga ega. Bundan tashqari bolalarning mantiqiy fikrlashiga ham yordam beradi.
1-o‘yin. Yuqori qator harflari yordamida so‘zlar
tuzish:
A |
S |
D |
F |
G |
H |
J |
K |
L |
; |
‘ |
Namuna: asaka, alla, sadaf, shashka, dala,
dag‘al, fasl, falak, gala, gajak, jala, jadal, kalla, kaska, lak, lal.
2-o‘yin. Asosiy qator harflari yordamida so‘zlar
Q |
W |
E |
R |
T |
Y |
U |
I |
O |
P |
[ |
] |
Quruq, quroq, er, et, tuproq, topqir, yoqut, yupiter, uyqu, uy, ip, iroq, oy, oppoq, port, portret, riyo, retro.
• O‘quvchilarning klaviaturada yozadigan matni yoki dasturi qog‘ozda yozilgan tayyor bo‘lishi shart. O‘quvchilarning vazifasi tayyor bo‘lmasa, kompyuterda nima ish qilishini bilmay 10–15 minut bekor ketadi.
Bu bosqichlar ko‘zi ojiz o‘quvchi klaviaturada ishlashida:
• Barmoqlarni to‘g‘ri qo‘yish;
• harf va belgilar joylashuvini yodda saqlash;
• bexato matn terish;
• funksional tugmalardan to‘g‘ri foydalanish;
• vaqtdan unumli foydalanish va tejash imkonini beradi.
Xulosa o‘rnida ta’kidlash joizki, kompyuter texnologiyalari barcha sohalarni egallab kelmoqda. Shu bois, ko‘zi ojiz o‘quvchilarga axborot texnologiyalari sohasida o‘zgalar yordamisiz o‘z ishini bajara olishi kerakligini uqtirish lozim.
Akmurat UTAMURATOV,
Toshkent shahridagi
77-IDUMI matematika va informatika
o‘qituvchisi
Shu kecha va kunduzda
Inson qadri – eng oliy qadriyat
XALQI MA’NAVIYATLI VATAN – KUCHLI
XOTIRA – MUQADDAS!
TAVSIYANOMALAR TANTANALI TOPSHIRILDI
OB-HAVO

0 C
Valyuta kurslari
Markaziy bank