XOTIRA – MUQADDAS!

Jarayon XOTIRA – MUQADDAS!
64

Har bir mustaqil davlatning bayramlari o‘ziga xosligi, xalq tabiati va an’analariga mosligi bilan ajralib turadi. Chunki har bir xalq qanday yashashni, nimani qadrlashni, qanday sanalarni bayram sifatida nishonlashni o‘zi belgilaydi. Sababi, har bir xalq bu masalaning yechimini o‘z tarixidan va bugunidan kelib chiqib hal qiladi.


Shayxontohur tumanidagi 157-maktabda 9-may — “Xotira va qadrlash kuni” umumxalq bayrami maktab tarix muzeyida o‘tkazildi.


Mehr-oqibat, odamiylik kabi qadriyatlar bardavom ekan, insonlar o‘z tarixini, ajdodlarini doimo xotirlaydi. Shuningdek, fidoyi yurtdoshlari, faxriylari, mamlakatning buyuk kelajagi yo‘lida xizmat qilayotgan zotlarning ham qadriga yetiladi.


Inson uchun har kuni tinchlik, osoyishtalik va xotirjamlik kerak. Tinchligini yo‘qotgan xonadon ham, mamlakat ham aslo xotirjam bo‘la olmaydi. Tinchlik va xotirjamlik – taraqqiyot garovidir. Xalq orasida xotira – o‘tganlarni eslatib turadi, o‘zlikni anglatadi.


Xalq xotirasi deganda, kishi ko‘z oldidan Vatan ibtidosidan bugungi kungacha shu yurt, shu xalq deb kurashgan, kuch-qudratini, aql-zakovatini ayamagan, kerak bo‘lsa, shu yo‘lda jon fido qilgan ne-ne buyuk zotlar bir-bir o‘tadi.


Qadr – insonni ulug‘laydi, jamiyatni bezaydi. Yo‘qotgandan keyin xotirlab yurishdan ko‘ra, borida qadriga yetishning o‘zi baxt. Garchi xotira va qadrlash tushunchalari bir-biriga ziddek tuyulsa-da, mohiyatan ular ezgu tamoyillarni o‘zida mujassam etgan.


Ajdodlarni xotirlash va keksalarni e’zozlash ulug‘ qadriyat bo‘lib, bu borada mamlakatimizda har yili qabul qilinayotgan dasturlarda yoshi ulug‘ nuroniylarga bo‘lgan hurmat va e’tibor doimo diqqat markazidadir.


Nigora AKMALOVA,

Muborak INOMOVA,

Gulnora QOBULOVA,

Shayxontohur tumanidagi

157-maktab o‘qituvchilari

Maqola muallifi

O‘qituvchi

O‘qituvchi

Oʻqituvchi

Teglar

  • #Ta'lim

Ulashish