O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI – 120 YIL XALQ BILAN
“O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni” hamda O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasining 120 yilligiga bag‘ishlab O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Toshkent shahar bo‘linmasi kengashi kubogi uchun Toshkent shahri Maktabgacha va maktab ta’limi muassasalari xodimlari o‘rtasida sportning 6 turi bo‘yicha 3 bosqichda musobaqa tashkillashtirildi, minglab xodimlar o‘zi qiziqqan sport turi bo‘yicha jismoniy faolligini aniqladi.
Jarayonning final bosqichi Shayxontohur tumanidagi 1-sonli bolalar va o‘smirlar sport maktabida tashkil etildi. Ishtirokchilar mini futbol (erkaklar o‘rtasida), stol tennisi (erkak va ayollar o‘rtasida), shashka (erkak va ayollar o‘rtasida), shaxmat (erkak va ayollar o‘rtasida), badminton (erkak va ayollar o‘rtasida), darts (erkak va ayollar o‘rtasida) kabi sport turlari bo‘yicha kuch sinashdi. Yakuniy natijalarga ko‘ra:
Stol tennisi bo‘yicha
- 1-o‘ringa Shuhrat Yoqubova (Uchtepa tumani) va Madina Sharipova (Chilonzor tumani);
- 2-o‘ringa Sardorbek Niyozmuratov (Chilonzor tumani) va Roza Obidova (Mirobod tumani);
- 3-o‘ringa Husan Mannoqov (Yunusobod tumani) va Nalya Levanova (Yashnobod tumani) sazovor bo‘ldi.
Shashka bo‘yicha:
- 1-o‘rin ‒ Mamadiyor Mamanazarova (Mirzo Ulug‘bek tumani) va Mazmuna Mansurova (Yashnobod tumani) 1-;
- 2-o‘rin – Doston Zaripov (Shayxontohur tumani) va Dilnoza Aliqulova (Yunusobod tumani);
- 3-o‘rin ‒ Mirsobir Hamidov (Mirobod tumani) va Zarina Tojiyeva (Yakkasaroy tumani)ga nasib qildi.
Shaxmat bo‘yicha:
- 1-o‘rinni Saidjon Gʻiyosov (Mirobod tumani) va Zulfiya Rajapova (Chilonzor tumani);
- 2-o‘rinni Ixtiyor Qahhorov (Yashnobod tumani) va Shahnoza Nazarova (Yunusobod tumani);
- 3-o‘rinni Mahmud G‘ulomov (Yakkasaroy tumani) va Umida Alijonova (Bektemir tumani) qayd etdi.
Badminton bo‘yicha:
- 1-o‘rinni Iqbol Imonov (Yakkasaroy tumani) va Gulira’no Hamroyeva (Bektemir tumani);
- 2-o‘rinni Nodir Ismoilov (Yunusobod tumani) va Mehriniso Abdurahmonova (Yunusobod tumani);
- 3-o‘rinni Abdurasul Nazarov (Yashnobod tumani) va Gulshanoy Shodiyorova (Uchtepa tumani) egalladi.
Darts bo‘yicha:
- 1-o‘ringa Nurali Qozoqov (Sergeli tumani) va Renata Minagtik (Mirobod tumani);
- 2-o‘ringa Alisher Ahmedov (Mirobod tumani) va Fazoda Dadaxonova (Chilonzor tumani);
- 3-o‘ringa Begzod Bo‘tajonov (Chilonzor tumani) va Nigora Yaxshiyeva (Yashnobod tumani) sazovor bo‘ldi.
Mini-futbol bo‘yicha:
- 1-o‘rin Yunusobod tumani jamoasi;
- 2-o‘rinni Bektemir tumani jamoasi;
- 3-o‘rinni Chilonzor tumani jamoasiga nasib etdi.
G‘oliblar va faol ishtirokchilar O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Toshkent shahar kengashining diplom, medal hamda qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Shundan so‘ng jarayon kuy-qo‘shiqlarga ulandi.
Shahnoza YANGIBOYEVA,
“Ma’rifat” muxbiri
Shu kecha va kunduzda
O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI – 120 YIL XALQ BILAN
Kasbiy ta’lim agentligi tashkil etildi
Malaka sinovi va “Yil o‘qituvchisi” tanlovi haqida
Yo‘qolgan bolalik
OB-HAVO
 
                 0 C
Valyuta kurslari
Markaziy bank
 
                                  
                                  
                                  
                                      
                         
                                         
                         
                                         
                         
                                        