HARBIY YOSHLAR O‘RTASIDA “AJDODLAR IZIDAN” NOMLI INTELLEKTUAL OʻYINI OʻTKAZILDI

Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent shahar hududiy Kengashi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibidagi Toshkent shahrida joylashgan oliy harbiy ta’lim muassalari bilan hamkorlikda, kuni kecha poytaxtimizda joylashgan “Zakovat arena”sida Qurolli Kuchlar tizimidagi harbiy qismlar va oliy harbiy ta’lim muassasalari harbiy xizmatchilari va kursantlarida tarkib topgan jamoalar oʻrtasida “Ajdodlar izidan” intellektual oʻyini oʻtkazildi.
Mazkur tadbirda Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent shahar hududiy Kengashi, Qurolli Kuchlar tizimidagi harbiy qismlar va oliy harbiy ta’lim muassasalari harbiy xizmatchilari va kursantlari hamda OAV vakillari ishtirok etdi.
Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad - Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar tizimida yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish, Qurolli Kuchlarimiz tarkibida xizmat faoliyatini olib borayotgan yosh harbiy xizmatchi va xodimlarning kitob mutolaasiga boʻlgan qiziqishini oshirish, buyuk ajdodlarimiz va sarkardalarimizning millat tamadduniga qoʻshgan hissasini oʻrganishda kitob oʻqishning ahamiyatini oshirishdan iboratdir.
Tadbirni Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent shahar hududiy Kengashi bo‘limi boshlig‘I Sarvar Ismoilov ochib, har bir jamiyatning, unda yashaydigan insonlarning taqdiri va kelajagi albatta, davlatlarning yetakchi kuchlari hisoblanmish yoshlar tarbiyasi bilan chambarchas bog‘liq ekanligini, yangi O‘zbekistonda yoshlarning intellektual va ijodiy salohiyatini mustahkamlash, ularning mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarga daxldorligini oshirish borasida katta hajmdagi ishlar olib borilayotgani, ayni paytda zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega, mamlakatning munosib kelajagi uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga ola biladigan barkamol, maqsadga intiluvchan va serg‘ayrat yoshlarni tarbiyalash bugunning eng muhim vazifalaridan biri ekanligini alohida ta’kidladi va bugungi intellektual o‘yin ishtirokchilariga omad tiladi.
Shunda Qiziqarli o‘tgan intellektual o‘yinda yurt himoyachilari Muhammad Alining “Ulugʻ saltanat”, Pirimqul Qodirovning “Avlodlar dovoni”, Kaykovusning “Qobusnoma”, “Rustamxon” dostoni hamda “Jadidlar” toʻplami kitoblaridan tuzilgan savollarga tez va aniq javob berib, qizgʻin bahslarga kirishishdi.
Qiziqarli va qizg‘in bahs-munzaralarga boy bo‘lgan Intellektual oʻyinning yakuniy natijalariga koʻra, Mudofaa vazirligi tizimidagi harbiy qism va muasassasalar oʻrtasida 1-oʻrin harbiy qismning “Intellekt” jamoasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimidagi harbiy qism va muasassasalar oʻrtasida 1-oʻrin Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining “Xaloskorlar” jamoasiga Ichki ishlar vazirligi tizimidagi harbiy qism va muasassasalar oʻrtasida 1-oʻrin Ichki ishlar vazirligi akademiyasining “Yuristlar” jamoasiga Milliy gvardiya tizimidagi harbiy qism va muasassasalar oʻrtasida: 1-oʻrin harbiy qismning “Amir Temur” jamoasiga, Bojxona qoʻmitasi tizimidagi muasassasalar oʻrtasida: 1-oʻrin Bojxona institutining “Yosh bojxonachilar” jamoasi, DXX tizimidagi harbiy qism va muasassasalar oʻrtasida: 1-oʻrin “Lochinlar” jamoasiga nasib etdi.
Toshkent shahrida joylashgan harbiy qism va muassasalardan tashrif buyurgan jamoalarning natijalari malakali mutaxassislar tomonidan hisoblab borildi. Ushbu intellektual oʻyin davomida faol ishtirok etib 1-oʻrinni qoʻlga kiritgan jamoalar Qurolli Kuchlarimiz tarkibidagi vazirlik va idoralar miqyosida oʻtkaziladigan keyingi 2-bosqichda ishtirok etish uchun yoʻllanmaga ega boʻlishdi.
Gʻolib va sovrindorlar Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent shahar hududiy Kengashi tomonidan diplom, medal va estaliq sovgʻalari bilan taqdirlandi.
Akademiya axborot xizmati
Shu kecha va kunduzda
Qog‘ozdagi kurash
TIRILGAN MURDA
FUTBOL AHLIMIZNING ASRIY ORZUSI USHALDI!
Ertaklar ̶ yaxshilikka yetaklar
OB-HAVO

0 C
Valyuta kurslari
Markaziy bank