IELTS imtihoni nima sababdan ommalashmoqda?

Bo‘lgan voqea IELTS imtihoni nima sababdan ommalashmoqda?
500
Yurtimizda xorijiy tillarni o‘rganishga qiziqish bildirayotgan yoshlar safi kundan kunga kengaymoqda. Ayniqsa, IELTS imtihoni topshirayotganlar ko‘chilikni tashkil qiladi. Masalan, 2020-yili 10 mingdan oshiq nomzod IELTS imtihonga kirgan bo‘lsa, bu raqamlar 2024-yilga kelib qariyb 53 mingni tashkil qilgan. Xo‘sh, IELTS nima sababdan ommalashmoqda? Mavzu yuzasidan mutaxassisga yuzlandik.


Solijon AZIZOV, O‘zDJTU o‘qituvchisi:


– IELTS sertifikati yoshlar uchun ko‘plab imkoniyat taqdim qiladi. O‘zbekiston misolida oladigan bo‘lsak, abituriyentlarga chet tilidan muayyan yo‘nalishlarda maksimal ball olishi uchun yordam bersa, ish o‘rinlarida ustunlik beradi, qolaversa, magistratura uchun hujjat sifatida amal qiladi. Bundan tashqari, xorijiy universitetlarda tahsil olishda ham muhim o‘rin tutadi. 


Yurtboshimizning 2025-yil 14-fevraldagi yoshlar bilan muloqotida ham xorijiy tillarni bilish muhimligi ta’kidlandi. “2+6” dasturi, ya’ni talaba o‘qish davomida dastlabki 2 oylik to‘lovni amalga oshirsa, 6 oylik to‘lov davlat tomonidan qoplanishi aytildi. Bundan tashqari, endi, xorijiy tillar bo‘yicha “C1” sertifikatli yoshlar chekka hududlarda o‘quv markazlari tashkil qilsa, ularga 120 million so‘mgacha foizsiz subsidiyalar ajratilishi aytib o‘tildi.


Biroq bu sertifikatni qo‘lga kiritishning ham moddiy, ham aqliy-jismoniy jihatdan o‘z mashaqattlari bor.


– Sizningcha, IELTSda o‘quvchilarni ko‘proq qaysi bo‘lim qiynaydi?


‒ Bu o‘rganuvchilar qobiliyatiga bog‘liq. Sababi, ba’zi o‘quvchilar yaxshi eshitib, oson o‘qib tushunadi. Ba’zi o‘quvchilar esa yaxshi suhbatlasha oladi. Ammo aksariyat talabgorlar imtihonning yozma qismida biroz qiynalishadi. 


‒ Til o‘rganishda tavsiyalaringizni bo‘lishsangiz.


– Vaqtni to‘g‘ri taqsimlang. Darslarni chala o‘zlashtirmang. O‘z ustingizda muntazam va tartibli ishlang. Har kuni reja qilib, kechgacha albatta, o‘zingizga yuklatgan vazifalaringizni yakunlang. Siz o‘rganayotgan tildagi qo‘shiq va podkastlar bilan tanaffus qilish (damolish)ga odatlaning.


‒ Samimiy suhbatingiz uchun rahmat!


O‘zDJTU talabasi

Ismoil TO‘RABOYEV suhbatlashdi.

Maqola muallifi

Amaliyotchilar

Amaliyotchilar

Talaba

Teglar

  • #Ta'lim

Ulashish