ILIMIY-AMALIY ANJUMAN

O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasi tomonidan Turkiston jadidchilik harakatining asoschisi, atoqli adib va jamoat arbobi, noshir va pedagog Maxmudxo‘ja Behbudiy tavalludining 150 yilliga bag‘ishlab “Mahmudxo‘ja Behbudiy hayoti va ijodiy faoliyati” mavzusida ilmiy-amaliy anjuman tashkil etildi.
Anjumanning maqsadi: Akademiya kursantlarini harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, Ma’rifatparvar Mahmudxo‘ja Behbudiyning ijodiy faoliyati, ilmiy va ma’naviy-ma’rifiy merosini o‘rganish orqali harbiy xizmatchilarning ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarligini oshirish, shu asnoda ularni Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari, chinakam vatanparvarlari, komil inson etib tayyorlash borasidagi o‘rni va ahamiyatini targ‘ib etishdan iborat,
Anjumanda Akademiya harbiy xizmatchi va kursantlari, Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi kursantlari, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti hamda Toshkent Davlat iqtisodiyot universiteti talabalari, taklif etilgan mehmonlar, OAV vakillari ishtirok etdi.
Shuningdek, anjuman doirasida O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi hamda “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi” o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Ilmiy-amaliy anjuman savol-javob va munozaralarga boy tarzda o‘tkazilib, kursantlar o‘zlarining qiziqtirgan savollariga batafsil javoblar olishdi.
Anjuman yakunida taklif etilgan mehmonlar va ma’ruzachilar tashkilotchilar tomonidan Akademiya rahbariyatining tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan tantanali taqdirlandilar.
Shu kecha va kunduzda
OAV va radikalizm: jurnalistlarga axborot manipulyatsiyasiga qarshi kurashish yo‘llari o‘rgatildi
USTOZ IBRATI – ILM VA INSONPARVARLIK TIMSOLI
Toʻgʻri ovqatlanish koʻp narsani oʻzgartiradi
Ta’limda sun’iy intellektning o‘rni: o‘zgarishmi yoki qo‘shimcha?
OB-HAVO

0 C
Valyuta kurslari
Markaziy bank