Repetitorsiz o‘qishga kirish mumkinmi?

Siz nima deysiz? Repetitorsiz o‘qishga kirish mumkinmi?
75

Bugun oliy ta’lim muassasalariga kirish koʻplab yoshlar uchun eng muhim bosqichlardan biri sanaladi. Shu sabab abituriyentlar maksimal darajada tayyorlanishga intilishadi. Ayni jarayonda repetitorga borish chindan ham zarurmi, yoki bu faqat zamonaviy urf xolosmi? Koʻpchilik abituriyentlar repetitor xizmatiga murojaat qilishining sababi maktabda berilayotgan ta’limning chuqur emasligi bilan bogʻliq. 


Repetitorsiz ham OTMga o‘qishga kirish mumkinmi? Albatta mumkin! Bugun koʻplab abituriyentlar mustaqil tayyorlanib ham katta natijalarga erishmoqda. Buning uchun bir nechta shartlar bajarilishi kerak xolos:
-oʻquvchi oʻz ustida ishlashga odatlangan boʻlishi;
-samarali reja tuza olishi;
-onlayn resurslar, test, darsliklardan bepul foydalanishi, motivatsiyani yoʻqotmasligi kerak. Ba’zi o‘quvchilar repetitorga borishni majburiyat yoki zamon talabi deb qabul qilishadi. Ammo bu fikr har doim ham toʻgʻri emas. Chunki repetitor narxlari har doim, hammaga ham qulay bo‘lavermasligi mumkin. Bu esa ijtimoiy tengsizlikka olib keladi. Yana bir muhim jihat shundaki, hamma repetitorlar ham biz kutgan natijani bera olmasligi mumkin. Albatta, bu jarayonga yechim yoʻq emas. Bu jarayonda maktab ta’lim sifatini oshirish, bepul tayyorlov kurslarini ko‘paytirish, bepul onlayn ta’lim platformalarini rivojlantirish samarali yordam beradi.


Xulosa qilib aytganda, repetitor ‒ bu vosita, lekin maqsad emas. Inson o‘z qat’iyati, maqsadini to‘g‘ri qo‘ya olishi va unga intilishi, harakati bilan har qanday sinovdan muvaffaqiyatli o‘ta oladi, ya’ni repetitorsiz ham OTMga kirish mumkin!


Nilufar Ravshanbekova,

O‘zDJTU talabasi

Maqola muallifi

Amaliyotchilar

Amaliyotchilar

Talaba

Teglar

  • #Ta'lim
  • #Yoshlar
  • #Gazeta

Ulashish