Aniq va tabiiy fanlarni o‘qitishda zamonaviy yondashuv zarur

Ko‘pchilik uchun aniq va tabiiy fanlarni o‘rganish qiyinday tuyuladi. Raqamlar, turli formula va chizmalar… Biroq bugun bularni o‘quvchi onggiga osonlik bilan singdirish, oddiy tushunishi uchun ko‘maklashuvchi omillar mavjud.
Yoshlarimizning xalqaro miqyosda o‘z o‘rniga ega bo‘lishi hamda bugungi shiddatli rivojlanayotgan zamonda raqobatbardosh mutaxassis bo‘lib yetishishi bevosita aniq va tabiiy fanlarni puxta o‘zlashtirishi bilan bog‘liq. Bu esa ta’lim tizimida mazkur fanlarni o‘qitish sifati va samaradorligini ta’minlashni talab etadi.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Abdulla Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti hamda “Science and Innovation” xalqaro ilmiy jurnali hamkorligida Tashkent City Hilton mehmonxonasida “Aniq va tabiiy fanlarni o‘qitishda zamonaviy yondashuvlar: muammo va yechimlar” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi.
Mazkur anjuman aniq va tabiiy fanlar ta’limi sohasida mavjud muammolarning tahlili, ularni hal etishning zamonaviy yondashuvlarini muhokama qilish, ilg‘or pedagogik texnologiyalar va innovatsion metodlarni ta’lim jarayoniga tatbiq etish yo‘llarini aniqlashga qaratilgan. Tadbir, shuningdek, turli mamlakatlar mutaxassislari o‘rtasida tajriba almashinuvi, xalqaro hamkorlikni mustahkamlash, ilmiy asoslangan strategiyalar va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishni ko‘zda tutadi.
Anjumanda O‘zbekiston, MDH davlatlari hamda boshqa xorijiy mamlakatlardan 300 nafardan ortiq professor-o‘qituvchilar, doktorantlar, mustaqil tadqiqotchilar va talabalar faol qatnashishdi.
Shu kecha va kunduzda
1-iyun: Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni
Ota-onalar va o‘qituvchilarning bolalar ustidan nazorati qanchalik muhim?
Repetitorsiz o‘qishga kirish mumkinmi?
Aniq va tabiiy fanlarni o‘qitishda zamonaviy yondashuv zarur
OB-HAVO

0 C
Valyuta kurslari
Markaziy bank