Ilm-fan yangiliklari
30.webp)
Flavonolga boy mahsulotlar xotirani yaxshilaydi
Kolumbiya universiteti tadqiqotchilari flavonollarga boy mahsulotlar xotirani yaxshilashga yordam berishini aniqladi. Tadqiqot natijalari “Proceedings of the National Academy of Sciences” (PNAS) jurnalida taqdim etildi.
Tadqiqotda mingdan ortiq keksa yoshdagi kishilar ishtirok etdi. Ular ikki guruhga bo‘lindi. Uch yil davomida olimlar qatnashchilarning kognitiv salomatlik holatini kuzatib borishdi. Shu bilan birga, birinchi guruh ratsionida parhez odatiy platsebo tabletkalarini qo‘llash bilan olib borilgan, ikkinchisida esa kuniga flavonollar 500 ml tabletkalarda berilgan.
Natijada, ikkinchi guruhning xotirasi tajriba boshidan beri 16% ga yaxshilanadi. Flavonollar inson organizmida xotirani yaxshilovchi ayrim fermentlarning ishini faollashtiruvchi o‘simliklarda uchraydigan moddalardir. Ular, masalan: olma, piyoz, choy, qora shokoladda bo‘ladi. “Ushbu tadqiqot natijalari miyani mustahkamlash uchun turli xil ozuqa moddalari kerakligini aniq ko‘rsatmoqda”, deb ta’kidladi mualliflar.
Olimlar plastmassadan sovun yaratdi
“Viginia Tech” xususiy kompaniyasi kimyogarlari plastmassani sovunga aylantirishning yangi usulini topdilar. Olimlar o‘z tadqiqotlarini “Science” jurnalida chop etishdi. Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, plastmassaning aksariyati atrof-muhitni ifloslantiradi va organizmga zarar yetkazadi. Ko‘pincha ulardan mikrozarralar ajralib chiqadi. Ilmiy izlanishlar shuni ko‘rsatdiki, ular inson tanasiga og‘iz, burun va tashqi dunyo bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa tana a’zolari orqali kirishi mumkin. Bunday plastmassa bo‘laklari organizmga kirganidan keyin turli kasallik va mutatsiyalarni keltirib chiqaradi. Shuning uchun ushbu materialni qayta ishlash usullarini izlash muhimdir. Mualliflar plastmassaning eng ko‘p ishlatiladigan ikki turi − polietilen va polipropilendan foydalanganlar. Bu moddalar uglerod atomlarining molekulyar zanjirlaridan tashkil topgan. Bu zanjirlar uzun, lekin agar ular qisqartirilsa, sirt aktiv moddalarni olish mumkin. Olimlar maxsus qurilma yaratdi, uning yordamida plastmassa isitiladi va keyin qisqa uglerod zanjirlari bilan mumga kondensatsiyalanadi. Shundan so‘ng, atomlarga kislorod qo‘shib, hosil bo‘lgan massani gidroksid eritma bilan qayta ishlanadi. Keyin sovun tayyorlanadi.
Kattaligi Neptunga teng sayyora aniqlandi
Nature: Neptun kattaligidagi supermassiv va zich ekzosayyora topildi. Xalqaro astronomlar jamoasi Neptun kattaligidagi ekzosayyora topdi, biroq uning massasi o‘xshash o‘lchamdagi boshqa har qanday ma’lum sayyoranikidan deyarli ikki baravar katta. Zichligi nihoyatda yuqori, bu uning asosan qattiq jinslardan iboratligini ko‘rsatadi. Tadqiqot natijalari “Nature” jurnalida chop etildi. TOI-1853b TESS kosmik teleskopi tomonidan Yerdan 544 yorug‘lik yili uzoqlikda joylashgan TOI-1853 mitti yulduzining yorqinligidagi o‘zgarishlarni kuzatish vaqtida tranzit usuli yordamida aniqlandi. TOI-1853 b radiusi taxminan 3,46 Yer radiusiga va og‘irligi 73,2 Yer massasiga teng. Shunday qilib, uning zichligi kub santimetr uchun 9,7 gramni tashkil etadi, bu Neptunnikidan olti baravar ko‘p degani. Bunday zichlikka ega obyektlar juda kam uchraydi. Shu bilan birga, bir xil massaga ega bo‘lgan sayyoralar odatda ikki baravar katta radiusga ega bo‘ladi.
Apple tarixdagi eng katta iPadni taqdim etadi
Apple iPad tarixidagi eng katta planshet ustida ishlayapti. Bu haqda Mark Gurman Bloomberg’dagi Power On ruknida xabar berdi. Ma’lum bo‘lishicha, planshet 15 dyumli ekranga ega bo‘ladi. Ushbu iPadga kuchli chipset va videokonferensiya uchun yaxshilangan old kamera o‘rnatilishi kutilmoqda. Taxminlarga ko‘ra, qurilma devorga o‘rnatish uchun tayanch va hatto orqa tarafdagi elektr vilkasi bilan ta’minlanadi. Qolaversa, iPad uy uchun aqlli displey sifatida ishlatilishi mumkin.
Ofis xodimlari o‘rnini sun’iy intellekt egallaydi
Ofis xodimlari kelajakda sun’iy intellekt(AI) tufayli ishsiz qolishlari mumkin. Bu haqda BMT Xalqaro mehnat tashkiloti tadqiqotida ma’lum qilingan. Materialda aytilishicha, vazifalari avtomatlashtirilishi mumkin bo‘lgan kasblar vakillari xavf ostida. Xususan, mutaxassislar ofis xodimlarini ta’kidlab ko‘rsatishdi. Tadqiqot mualliflari, shuningdek, sun’iy intellektning rivojlanishi ko‘pincha ushbu sohada band bo‘lgan ayollarni ish joylaridan mahrum qilishi mumkinligini ta’kidlamoqda. Shu bilan birga, aksariyat sohalar va kasblar qisman avtomatlashtirishga moyilligi aytildi. Bundan tashqari, Xalqaro mehnat tashkiloti olimlari sun’iy intellektning jalb etilishi bilan aksariyat kasblar bo‘yicha vazifalar hajmi ortadi, degan xulosaga kelishdi.
Samsung aqlli uzuk Galaxy Ring ustida ish boshladi
Samsung kompaniyasi uzuk shaklida ishlab chiqariladigan yangi smart-qurilma ustida ish boshladi. Galaxy Ring deb nomlangan gajetda Yaponiyaning Meiko kompaniyasi komponentlaridan foydalaniladi, deb xabar bermoqda Koreyaning “TheElec” manbasi. Aqlli uzuklar barmoqqa taqiladigan qurilmalarning maxsus sinfidir. Ushbu qurilmalarning eng mashhur ishlab chiqaruvchilardan biri Finlandiyaning Oura kompaniyasi bo‘lib, uning gajetlari turli sensorlar, batareyalar va Bluetoothga ega. Oura uzuklarining og‘irligi 4 dan 6 gramgacha bo‘lib, 80 daqiqalik quvvatdan keyin batareyaning bir haftagacha ishlashi ta’minlanadi. Hozircha mahsulotning kelajagi haqida aniq ma’lumot yo‘q. Bir tomondan, uzuklar aqlli soatlarga qaraganda inson tanasiga yaqinroq joylashadi va aniqroq o‘lchovlarni ko‘rsatishi kerak. Boshqa tomondan, barmoqlardagi qon oqimi bilakka qaraganda zaifroq va juda qattiq uzuk o‘lchovda xatolarga olib kelishi mumkin.
Rivojlanishdagi kechikishlar bolalarning ekran qarshisidagi vaqti bilan bog‘liqmi?
Toxoku universiteti va Xamamatsu universiteti tadqiqotchilari bir yoshli bolalarning ekran qarshisida o‘tkazgan vaqti va ularning rivojlanishdagi kechikishlari orasidagi bilan bog‘liqlikni o‘rganishdi. Ish natijalari “JAMA Pediatrics” jurnalida chop etildi. Tadqiqotda 7097 nafar bolali ona (yarmi o‘g‘il va yarmi qiz) ishtirok etdi, ulardan farzandining ekran oldida qancha vaqt o‘tkazishi so‘ralgan. Televizor ko‘rish, video o‘yinlar, planshetlar, mobil telefonlar va boshqa elektron qurilmalardan foydalanish hisobga olindi. Tadqiqotchilarning qariyb yarmi (48,5 foizi) ekran oldida bir soatdan kamroq vaqt o‘tkazgan, 29,5 foizi bir-ikki soat, 17,9 foizi ikki-to‘rt soat va 4,1 foizi ekran oldida kuniga to‘rt soatdan ortiq vaqt o‘tkazgan. Ikki va to‘rt yoshli bolalarning rivojlanishi ularning muloqot qobiliyatlari, umumiy motorik ko‘nikmalari, muammolarni hal qilish, shaxsiy va ijtimoiy qobiliyatlari bo‘yicha baholandi. Ma’lum bo‘lishicha, ikki yoshli bolalarda ko‘rish vaqtining ko‘payishi nafaqat motorik ko‘nikmalar, balki barcha sohalarda rivojlanishning kechikishiga olib keldi. Shu bilan birga, to‘rt yoshda ekran vaqtining ko‘payishi faqat muloqot va muammolarni hal qilish borasidagi rivojlanish kechikishlariga olib keldi. Ta’kidlash joizki, bundan oldin Uorvik va Kembrij universitetlari tadqiqotchilari o‘qishni erta yoshdan boshlagan bolalar kognitiv testlarda yaxshi natijalarga erishishlari va kelajakda kuchli ruhiy salomatlikka ega bo‘lishini aniqlagan edi.
“Ma’rifat” muxbiri
Shohsanam MAHMUDOVA
tayyorladi.
Shu kecha va kunduzda
“Prezident iqtidorli farzandlari” yoshlar orzulariga qanot bo‘ladi
Dissertatsiyalar amaliyotdan uzilib qolmoqda!
“ULUG‘ AMIR VA DONNA MARIYA” filmidan olgan taassurotlarim
V xalqaro ilmiy anjuman
OB-HAVO

0 C
Valyuta kurslari
Markaziy bank
Mavzuga doir

Sog‘lom turmush sari yana bir odim

Nodavlat oliy ta’lim muassasalari faoliyati yangi tartib asosida yo‘lga qo‘yiladi

Yurtimizning noyob metallari salohiyatini kashf etmoqda
