Ilm ortidan quvgan millat

2023-yil aprelida Sloveniyaning Portoroj shahrida XII xalqaro qizlar matematika olimpiadasi bo‘lib o‘tdi. Olimpiadada birinchi o‘rinni Xitoy terma jamoasi egallagan bo‘lsa, 2- va 3-o‘rinlar AQSH va Avstraliya terma jamoalariga nasib qildi.
E’tiborli jihati nimada? AQSH va Avstraliya terma jamoalari tarkibida.
AQSH terma jamoasi:
Isabella Zhu;
Kristie Sue;
Jessica Wan
Vivian Loh.
Avstraliya terma jamoasi:
Eunsu Choi;
Xiangyue (Laura) Nan;
Cloris Xu;
Iris Xu.
Bu yerda bir omil o‘ta muhim va hal qiluvchi ahamiyatga ega: millat qadriyatlari! Agar millat ilmni eng oliy qadriyat hisoblasa va ijtimoiy hayotining bir qismi deb bilsa, Amerikada yashaydimi yoki Avstraliyada, o‘zini har sohada ko‘rsata oladi. Ilm-fanni oliy qadriyatga aylantira olmagan millat(jamiyat, davlat) o‘z o‘rnini topa olmaydi.
Men Xitoyda ko‘p yillar ishlaganman. To‘ng‘ich o‘g‘lim Xitoy maktabida(uyg‘ur sinfida) bir mavsum o‘qigan. Bu millatning ilm-fanga munosabatini juda yaxshi bilaman. Maktab bu – millat uchun alohida muqaddas maskan. Har ota-ona nafaqat qalbi, balki butun vujudi bilan maktabni hurmat qiladi. Ustozlarga qo‘pollik qilish tugul, yomon so‘z aytishga ham uyaladi.
Yana bir jihat. Yirik supermarketlarda birinchi bo‘limda – kiraverishda kitoblar sotiladi. Turfa yoshdagi bolalar tik turib, o‘tirib, yotvolib kitob o‘qiydi. Sotib oladimi-yo‘qmi, ikkinchi masala, hech kim kelib “olmasang kitobni joyiga qo‘y, yirtib, buklab, mijiqlab... qo‘yasan!” demaydi.
Endi bir o‘ylab ko‘raylikda. Ilm ortidan quvgan millat rivojlanmay yana kim rivojlansin?! Ilm-fan qadriyatga aylanmas ekan, ko‘p narsalarda yutqazamiz. Xulosa o‘zingizdan.
Baxtiyor ABDUG‘AFUR,
biologiya fanlari doktori,
professor
Shu kecha va kunduzda
Inson qadri – eng oliy qadriyat
XALQI MA’NAVIYATLI VATAN – KUCHLI
XOTIRA – MUQADDAS!
TAVSIYANOMALAR TANTANALI TOPSHIRILDI
OB-HAVO

0 C
Valyuta kurslari
Markaziy bank