Imo-ishoralar bilan boshqariladigan robot-lampa

Bilasizmi? Imo-ishoralar bilan boshqariladigan robot-lampa
110

Apple muhandislari aqlli funksiyalarni bajaradigan robot-lampa ishlab chiqishdi.


Mazkur innovatsion qurilma Apple’ning mashinasozlik va sun’iy intellekt sohasidagi tadqiqotlariga bag‘ishlangan rasmiy veb-saytida taqdim etilgan. U oddiy stol lampasiga o‘xshab, egiluvchan manipulyatorga o‘rnatilgan bo‘lib, bir bo‘g‘imli harakat mexanizmiga ega. Jurnalistlar qurilmani Pixar studiyasi logotipidagi mashhur Luxo lampasi bilan solishtirishdi.


U bir nechta sensorlar bilan jihozlangan bo‘lib, atrof-muhitni anglash, harakat va imo-ishoralarni kuzatish, shuningdek, foydalanuvchi nutqini tushunish qobiliyatiga ega. Lampani imo-ishoralar orqali boshqarish mumkin. Masalan, foydalanuvchi ma’lum bir nuqtaga ishora qilsa, qurilma o‘z yorug‘ligini aynan o‘sha joyga yo‘naltiradi. Shuningdek, robot-lampa harakatlari orqali o‘z hissiyotlarini ifodalash qobiliyatiga ham ega.


Apple muhandislari kelajakdagi robotlar insonlar bilan tabiiyroq muloqot qilishi uchun ularning harakatlari ifodali va jonli bo‘lishi muhimligini ta’kidladilar. Ularning fikricha, kelajakda uy robotlari foydalanuvchi bilan "elegant" tarzda muloqot qila olishi kerak.


Hozircha ushbu robot-lampa faqat prototip bo‘lib, savdoga chiqarilmaydi.                                                                                                                             


O‘zDJTU talabasi Rustamjon TURSINALIYEV tayyorladi.

Maqola muallifi

Amaliyotchilar

Amaliyotchilar

Talaba

Teglar

  • #Talaba

Ulashish