JSST onkologik kasalliklarga chalingan bolalarga bepul dori-darmonlar yetkazib beradi
❗️Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmatining xabar berishicha JSST onkologik kasalliklarga chalingan bolalarga bepul dori-darmonlar yetkazib beradi.
✅ Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bolalarni onkologik kasalliklardan bepul davolash bo‘yicha yangi dasturni ishga tushirdi.
💊 Unga ko‘ra, ushbu pilot loyihada ishtirok etuvchi davlatlardagi bemor o‘g‘il-qizlar saratonga qarshi yuqori sifatli dori vositalari bilan uzluksiz ta’minlanadi.
📍 Birlashgan Millatlar Tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, farmasevtika mahsulotlarining dastlabki partiyasi Mo‘g‘uliston va O‘zbekistonga, keyingi bosqichda Ekvador, Iordaniya, Nepal va Zambiyaga yetkaziladi.
📈 Umuman, joriy yil davomida ushbu dastur oltita davlatdagi kamida 30 shifoxonada muolaja olayotgan 5000 nafarga yaqin bolalarni qamrab oladi.
📊 Bu bejiz emas, albatta. Chunki, JSST tahlillarida keltirilishicha, dunyo bo‘yicha har yili qariyb 400 ming nafar o‘g‘il-qizga saraton tashxisi qo‘yilmoqda. Ularning hayot davomiyligini uzaytirish hamda salomatligini tiklash yuqori samaradorlikka ega dori-darmonlarni talab qiladi.
‼️ Loyihada qatnashish uchun yana oltita davlat taklif qilingan. Umuman, kelgusi 5-7 yil ichida bu ko‘rsatkichni 50 taga yetkazish maqsad qilingan. Bu orqali onkologik xastaliklardan aziyat chekayotgan 120 mingga yaqin bolalarga beg‘araz tibbiy yordam ko‘rsatish mumkin bo‘ladi.
Shu kecha va kunduzda
“El-yurt umidi” jamgʻarmasi stipendiatlari bilan uchrashuv
Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya
9 dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuniga bag‘ishlangan “Ochiq eshiklar kuni”
Muvozanat
OB-HAVO
0 C
Valyuta kurslari
Markaziy bank