Kasbiy sertifikatlash sinovlarida qatnashish uchun murojaatlarni yuborish davom etmoqda

✅Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida faoliyat olib borayotgan stajyor-o‘qituvchi va pedagoglar joriy yilgi kasbiy sertifikatlash sinovlarida qatnashish uchun 1-mart sanasidan boshlab murojaat yuborishlari mumkin.
✔️ Murojaatlar 2025-yil 1-aprelga qadar davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali qabul qilinadi.
👉 Eslatib o‘tamiz: kasbiy sertifikatlash sinovlariga:
➖ umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida pedagog kasbiga birinchi marta ishga qabul qilingan stajyor-o‘qituvchilar;
➖ avval kasbiy sertifikatlashda ishtirok etib o‘ta olmagan stajyor-o‘qituvchilar yoki mutaxassis lavozimidagi pedagog kadrlar;
➖ pedagoglar attestatsiyasidan o‘ta olmagan, mutaxassis (oliy ma’lumotli o‘qituvchi) lavozimiga muvofiq emas, deb topilgan pedagog kadrlar jalb etiladi.
➖ Kasbiy Sertifikat sinovlarida ishtirokchilarga:
Mutaxassislik fanidan -40 ta;
Pedagogik mahorat bo‘yicha -10 ta;
jami 50 ta savol beriladi.
Har bir to‘g‘ri javob uchun 2 baldan beriladi.
➖ Kasbiy Sertifikat olish uchun 56 va undan yuqori ball to‘plash kerak bo‘ladi.
©️ Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi
Shu kecha va kunduzda
OTMlarda jinoyatchilik statistikasi eʼlon qilindi
Fitch agentligi Toshkentning kredit reytingini qayta tikladi
“Yangi O‘zbekiston” universitetida tibbiyot fakulteti tashkil etiladi
Xalqaro hamkorlik loyihasi doirasida 58 ta maktab quriladi
OB-HAVO

0 C
Valyuta kurslari
Markaziy bank