Ilgʻor pedagoglar hamda iqtidorli oʻquvchilarga dam olish maskanlariga bepul yoʻllanma beriladi

✅ Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-iyuldagi tegishli qarori bilan “Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi dam olish maskanlariga dam oluvchilarni qabul qilish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizom tasdiqlandi.
✅ Unga koʻra, vazirlik tizimidagi dam olish maskanlariga vazirlik tizimi xodimlari, jumladan, pedagog kadrlar hamda davlat umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarining (7-14 yosh) iqtidorli oʻquvchilarini qabul qilish tartibi belgilandi.
👉 Dam olish maskanlarida:
➖ vazirlik tizimi xodimlari hamda ilgʻor pedagoglar uchun — sentabr-may oylarida;
➖ iqtidorli oʻquvchilar uchun — iyun-avgust oylarida 12 kunlik dam olish kunlari belgilanadi.
📍 Yoʻllanmalar saralash mezonlari asosida taqsimlanadi hamda eng yuqori natijalarga erishgan vazirlik tizimi xodimlari, pedagog kadrlar hamda iqtidorli oʻquvchilarga ketma-ketlik asosida bepul yo’llanma beriladi.
👉 Maskanlarda dam oluvchi ilgʻor pedagoglar quyidagi mezonlar asosida tanlab olinadi:
➖ xalqaro olimpiadalar gʻoliblarini tayyorlagan oʻqituvchilar;
➖ oʻqituvchi boʻlib faoliyat yuritayotgan xalqaro olimpiadalar gʻoliblari;
➖ xorijiy til va STEAM fanlaridan mutaxassisligi boʻyicha xalqaro sertifikatlarga ega oʻqituvchilar (TESOL Level 5, SEFR B2, IELTS 6 va undan yuqori, shuningdek, vazirlik tomonidan belgilanadigan boshqa sertifikatlar);
➖ asosiy olimpiadalarning respublika bosqichi gʻoliblarini tayyorlagan oʻqituvchilar;
➖ respublika bosqichidagi koʻrik-tanlovlarda faxrli oʻrinlarga ega boʻlgan oʻqituvchilar;
➖ oliy va birinchi malaka toifasiga ega boshlangʻich sinf oʻqituvchilari, maktabgacha taʼlim tashkilotlari pedagoglari;
➖ asosiy olimpiadalarning viloyat bosqichi gʻoliblarini tayyorlagan oʻqituvchilar.
👉 Maskanlarda dam oluvchi iqtidorli oʻquvchilar (7-14 yosh) quyidagi mezonlar asosida tanlab olinadi:
➖ asosiy olimpiadaning uchinchi va toʻrtinchi bosqichlarida fanlar kesimida 1-, 2-, 3-oʻrinlarni egallagan oʻquvchilar;
➖ mintaqaviy xalqaro olimpiadalar gʻoliblari;
➖ nufuzli xalqaro olimpiadalarda ishtirok etgan oʻquvchilar;
➖ xalqaro tanlov, festival va musobaqa gʻoliblari;
➖ respublika darajasidagi tashkilotlar tomonidan tashkil etilgan turli koʻrik-tanlovlar va musobaqalarning respublika bosqichi gʻoliblari.
👉 Dam olish maskanlarida:
➖ maʼnaviy-maʼrifiy, koʻngilochar, sogʻlomlashtirish, sport, oʻquv va ilmiy-tadqiqot yoʻnalishlarida;
➖ iqtidorli oʻquvchilarning turizm, sport, texnika, kitobxonlik, madaniyat va sanʼat yoʻnalishlaridagi qobiliyatlarini rivojlantirish maqsadida turli xil tadbirlar tashkil etiladi.
Shu kecha va kunduzda
“Prezident sovg‘alari” karvoni
XATARLI GIRDOB
Ilgʻor pedagoglar hamda iqtidorli oʻquvchilarga dam olish maskanlariga bepul yoʻllanma beriladi
VATAN UCHUN, MILLAT UCHUN, XALQ UCHUN!
OB-HAVO

0 C
Valyuta kurslari
Markaziy bank