“Prezident sovg‘alari” karvoni

📚Uchtepa tumanidagi 14-umumta’lim maktabida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik hamda 1-sinf o‘quvchilariga beriladigan “Prezident sovg‘alari”ni hududlarga yetkazish jarayonlariga bag‘ishlangan press-tur tashkillashtirildi.
Yangi o‘quv yilida 738 ming nafar bola 1-sinfga qabul qilinishi kutilyapti. Hozirgacha 590 ming nafar bola maktabga qabul qilingan va jarayon 15-avgustgacha davom etadi.
1-sinfni “Prezident sovg‘alari”siz tasavvur qilib bo‘lmaydi. 12 turdagi o‘quv qurollari: sumka, daftar, ruchka, qalam, rangli qog‘oz, plastilin, rasm daftar, o‘chirg‘ich, akvarel bo‘yog‘i, yelim va qalamdon kabilar “Prezident sovg‘alari”dan o‘rin olgan. Endi bu sovg‘alarni “Ta’lim-ta’minot va logistika” xizmati 1–10-avgustgacha hududlarga, 10–20-avgustgacha esa o‘z egalariga yetkazadi.
Tadbir davomida 2025-2026-o‘quv yilidan poytaxtimizdagi har bir tumanda bittadan tashkil etilayotgan “Toshkent tajribasi loyihasi” haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek “Jasorat maktablari”ning 208 ta faoliyati yo‘lga qo‘yilganligi va birinchi yildan 5 408 nafar o‘quvchi maktabga qabul qilingani to‘g‘risida ham aytib o‘tildi. Bu maktablarda asosan fanlar chuqurlashtirilib o‘rgatish, yoshlarning bo‘sh vaqtini foydali va unumli o‘tkazish uchun tashkil etilishi ko‘zda tutilgan.
Shu kecha va kunduzda
STRESS ASRIDA O‘SIB KELAYOTGAN AVLOD: bolalar, axborot va mental bosim
“Prezident sovg‘alari” karvoni
XATARLI GIRDOB
Ilgʻor pedagoglar hamda iqtidorli oʻquvchilarga dam olish maskanlariga bepul yoʻllanma beriladi
OB-HAVO

0 C
Valyuta kurslari
Markaziy bank