Vazir va yoshlar uchrashuvi

Jarayon Vazir va yoshlar uchrashuvi
41

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan poytaxtimizdagi 300-maktabda “Vazir va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi. Unda o‘quvchi yoshlar faol qatnashib, o‘z fikr-mulohalarini bildirib, kelgusi rejalar va loyihalari haqida so‘z yuritishdi. 


Qizg‘in kechgan muloqotda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E’zozxon Karimova yoshlarni qiziqtirgan savollarga batafsil javob berib, o‘z tajriba va ko‘nikmalari bilan bo‘lishdi. Maktabda iqtidorli o‘quvchi-yoshlar qo‘llari bilan yasagan qiziqarli eksponatlar namoyish etildi. San’atga ishtiyoqmand o‘quvchilar ijrosidagi dilbar kuy-navolar yig‘ilganlarga bayramona kayfiyat baxsh etdi.


Shuningdek, shu yerda Vazirlik va Futbol assotsiatsiyasi bilan hamkorlik memorandumi ham imzolandi. Mazkur memorandum doirasida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish, o‘quvchi yoshlar o‘rtasida futbol sport turini ommalashtirish, ularning iqtidorini qo‘llab-quvvatlash hamda mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish, xususan “Maktabda futbol” loyihasini yo‘lga qo‘yish haqidagi kelgusidagi ishlar belgilab olindi.


Shuningdek, kelgusi 3 yil davomida o‘quvchilar qizlar o‘rtasida “Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri” kubogi, o‘g‘il bolalar o‘rtasida “Futbolimiz kelajagi sening qo‘lingda” musobaqalarini yuqori darajada tashkil qilish bo‘yicha kelishib olindi.

Maqola muallifi

Muxbirimiz

Muxbirimiz

Jurnalist

Teglar

  • #Ta'lim
  • #Yoshlar

Ulashish