Kitob o‘qishga rag‘batni qanday oshiramiz?

Kitob – bilim, tafakkur va donishmandlikning buyuk xazinasi. Shu bois, har bir davr, har bir jamiyatda kitobga hurmat yuksak bo‘lgan. Bolalikdan kitobga mehr qo‘ygan inson har doim izlanish, o‘rganish, fikrlashdan to‘xtamaydi. Bugun texnologiyalar rivojlangan bo‘lsa-da, kitob o‘z o‘rnini yo‘qotgani yo‘q, aksincha uning ahamiyati yanada ortib bormoqda.
Oilada kitob mutolaasi madaniyatini shakllantirish ‒ kelajak uchun mustahkam poydevor yaratish demakdir. Bugun elektron va audiokitoblar an’anaviy kitobxonlikni yangi bosqichga olib chiqmoqda. Ammo qog‘oz kitobning hidi, uni qo‘lga olib mutolaa qilish zavqi hech qachon o‘z qadrini yo‘qotmaydi. Xo‘sh, bolani yoshligidan kitobga qanday qiziqtirish mumkin?
Zamonaviy ta’lim jarayonida bolalarga kitobxonlarni sevdirish nafaqat o‘qituvchi, balki butun jamiyatning muhim vazifasiga aylanmoqda. An’anaviy usullar bilan bir qatorda, bolalarning qiziqishiga mos, yangi innovatsion yondashuvlar orqali ularning kitobga bo‘lgan mehrini oshirish mumkin. Quyida ana shunday metodlar bilan tanishasiz.
“Jonlanadigan ertak” metodi
Kichik yoshdagi bolalar uchun kitob o‘qish zerikarli tuyulishi mumkin. Shu sabab, o‘qish jarayoniga harakat, tovush va tasvirlarni qo‘shish muhim. Masalan, “Jonlanadigan ertak” metodida bolalar asar qahramonlarini turli harakatlar bilan ifodalaydi, bu esa matnni chuqurroq anglashga yordam beradi.
“Rasmli kartochkalar” metodi
Ushbu metodda bolalar hikoya tarkibidagi muhim sahnalarni tasvirlaydi va ularni navbat bilan joylashtirib, matnni qayta tiklaydi.
Raqamli texnologiyalardan foydalanish
Yoshlarning texnologiyaga qiziqishi yuqori bo‘lgani sabab elektron vositalarni kitobxonlik jarayoniga qo‘shish natijadorlikni oshiradi:
Audiokitoblar – o‘quvchilar matnni eshitish orqali tovushlar va talaffuzni yaxshiroq o‘zlashtiradi.
QR-kodli kitoblar – kitob sahifalarida joylashgan bo‘lib, o‘quvchilar QR-kodlarni skanerlab, interaktiv materiallar(video, qo‘shimcha matn yoki
audio)ga kirishi mumkin.
Virtual hikoyalar – maxsus ilovalar yordamida bolalar hikoyalarning raqamli versiyasini interaktiv tarzda
o‘rganadi.
“Qahramon sarguzashti” metodi
Ushbu metodda bola hikoyadagi qahramon nomidan xat yozadi yoki unga yordam berish yo‘llarini izlaydi.
“Sehrli sandiq” metodi
Sandiq ichiga hikoya qahramonlari bilan bog‘liq buyumlar joylanadi. O‘quvchilar ularning qaysi asarda uchrashini aniqlaydi.
Shuningdek, sahnalashtirish(o‘quvchilar hikoya asosida spektakl tayyorlaydilar), yangi muqova yaratish (o‘zlari sevgan kitoblari uchun yangicha muqovalar chizadilar), hikoyani davom ettirish(kitobdagi hikoyaning muqobil yakunini yaratish orqali ijodiy fikrlash qobiliyati rivojlantiriladi) kabi usullar samara beradi.
Ota-onalar bilan hamkorlik
Kitobxonlik madaniyatini shakllantirishda ota-onalar ishtiroki muhim rol o‘ynaydi. Ular farzandlari bilan birga kitob o‘qib, muhokama qilishga o‘rgatsalar, bu bolalarning keyingi muvaffaqiyatlarida muhim omil bo‘ladi. Masalan, “Men va mening kitobim” loyihasi doirasida bolalar o‘zlari yoqtirgan kitobni ota-onalariga taqdimot qilib beradilar.
Kichik yoshdagi o‘quvchilarning kitobga bo‘lgan qiziqishini oshirish innovatsion va interaktiv yondashuvlarni talab qiladi. Bularni hisobga olmay, ularni kitob o‘qishga undash qiyin kechishi mumkin.
Sayyoraxon ISROILOVA,
Andijon shahridagi
44-maktabning
boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi
Shu kecha va kunduzda
Ilm olishdan oldin o‘zingizni ruhan tayyorlang
Internetdagi qisqa videolar insonlarning diqqatni jamlash qobiliyatini qiyinlashtiradimi?
Kitob o‘qishga rag‘batni qanday oshiramiz?
❗️Bolani 1-sinfga qabul qilish uchun qanday tibbiy ma’lumotnomalar kerak?
OB-HAVO

0 C
Valyuta kurslari
Markaziy bank
Mavzuga doir

Ilm olishdan oldin o‘zingizni ruhan tayyorlang

Internetdagi qisqa videolar insonlarning diqqatni jamlash qobiliyatini qiyinlashtiradimi?

❗️Bolani 1-sinfga qabul qilish uchun qanday tibbiy ma’lumotnomalar kerak?
