MMTV Vazir jamgʻarmasi ustamasi uchun dastlabki sinov jarayonlari 25-fevral kuni oʻtkazilishini ma'lim qildi

Jarayon MMTV Vazir jamgʻarmasi ustamasi uchun dastlabki sinov jarayonlari 25-fevral kuni oʻtkazilishini ma'lim qildi
148

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining tegishli buyrugʻi bilan joriy yilda Vazir jamgʻarmasi hisobidan har oylik ustama olish uchun 1-bosqich (test) sinov jarayonlari 25-fevral kuni oʻtkazilishi belgilandi.


Test sinovlari belgilangan quyidagi (https://uzedu.uz/uploads/downloads/VQ-nc0XDkNoE32F8uLmxafhSesSQp_z8.pdf) hududiy manzillarda “test.uzedu.uz” platformasi orqali real vaqt rejimida onlayn oʻtkaziladi.


Bunda nomzodlarning oʻzi dars beradigan umumtaʼlim fani boʻyicha bilim darajasi baholanadi. Test sinovlari (40 ta) uchun 100 daqiqa vaqt ajratiladi. Har bir toʻgʻri javob uchun 2,5 ball beriladi. (https://lex.uz/docs/-6044094)


Test sinovi natijalariga koʻra, maksimal ballning 80 foizi yoki undan yuqori natija koʻrsatgan nomzodlar keyingi bosqichga yoʻl oladi.


✅ Nomzod pedagoglar ushbu havola (https://demotest.uzedu.uz/) orqali o‘z JSHSHIR (jismoniy shaxsning shaxsiy identifikasiya raqami)ini kiritib, 1-bosqich sinovi uchun tayyorlangan namunaviy test savollari bilan tanishishi mumkin.


Eslatib o‘tamiz: Maktabgacha va maktab taʻlimi vaziri jamgʻarmasi hisobidan joriy yilda har oylik ustama toʻlanadigan malakali pedagog kadrlarning cheklangan soni (yillik) 1 500 nafar etib belgilangan.


Yakuniy natijalarga koʻra, eng yuqori ball toʻplagan malakali pedagog kadrlarga mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining 5,5 baravari miqdorida har oylik ustama toʻlanadi.

Maqola muallifi

Muxbirimiz

Muxbirimiz

Jurnalist

Teglar

  • #Ta'lim
  • #O‘quvchi

Ulashish