“Prezident talabalar yotoqxonalari Yevropa standartlariga javob berishi kerakligini ta’kidladi”

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Kongratbay Sharipovning prezident bilan uchrashuvdan so‘ng ma’lum qilishicha joriy yili DXSH doirasida 46 ta yotoqxona qurish va 30 mingdan ortiq talaba uchun joy ajratish rejalashtirilmoqda.
Respublikamizda bugungi kunda talabalarning 50 foizdan ortig‘i yotoqxona yo‘qligi sabab ijarada turyapti. Prezidentimiz ularni yaqin yillarda zamonaviy xizmat ko‘rsatadigan yotoqxonalar bilan ta’minlash vazifasini qo‘ydi. Bular oldingilariga qaraganda ancha zamonaviyroq yotoqxonalar bo‘lgani uchun bu boradagi ishlarni kengaytirish bo‘yicha topshiriq berildi. Endi 2025-yilda 46 ta yotoqxonani davlat-xususiy sheriklik asosida ishga tushirishimiz kerak. Bunda biz 30 mingdan ortiq yoshlarimizni yotoqxona bilan ta’minlaymiz”, — dedi u “O‘zbekiston 24” telekanaliga bergan intervyusida.
So‘nggi uch yilda mazkur yo‘nalishda 57 ta loyiha amalga oshirilib, 30 mingdan ortiq talabalar uchun davlat-xususiy sheriklik asosida yotoqxonalar qurildi va ta’mirlandi.
Bundan tashqari, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YTTB) bilan hamkorlikda 9336 o‘rinli sakkizta zamonaviy yotoqxona qurish rejalashtirilmoqda.
“Prezidentimiz yotoqxonalar Yevropa standartlariga javob berishi, ularda barcha qulayliklar, qo‘shimcha xizmatlar, kechayu kunduz bilim olish imkonini beradigan tizim bo‘lishi kerakligiga alohida urg‘u berdi”, — dedi Kongratbay Sharipov.
Vazir yotoqxonalarni to‘liq “yashil” energiya ta’minotiga o‘tkazish ko‘zlanganini bildirdi.
Prezidentning 30-avgustdagi 2024−2030-yillarda davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish to‘g‘risidagi qaroriga ko‘ra, YTTB va boshqa moliya tashkilotlari ko‘magida Toshkent shahrida 17 ming o‘rinli yotoqxonalar qurish rejalashtirilgan. Loyihaning qiymati 176 mln dollarga baholanmoqda.
2024−2025-o‘quv yilidan boshlab talabalar turar joyidagi o‘rinlar faqat Davlat xizmatlari markazlari yoki my.gov.uz orqali elektron ariza asosida taqdim etiladi.
Shu kecha va kunduzda
Sog‘lom tanda – sifatli ta’lim
RAQAMLI AVLOD QIZLARI—2025
O‘ZBEK TILI TARIXI QANCHALIK YORITILGAN?
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETIDA BITIRUVCHILAR BILAN UCHRASHUV
OB-HAVO

0 C
Valyuta kurslari
Markaziy bank