O‘qituvchiga munosabatimiz ijobiy o‘zgarishi kerak!
O‘qituvchining oyligini, maqomini, jamiyatdagi mavqeyini hozirgidan bir necha karra oshirmas ekanmiz, ta’lim tizimimiz rivojlanmaydi! O‘qituvchi jamiyatdagi boshqa soha vakillaridan ko‘ra ko‘proq oylik olishi, manfaat ko‘rishi kerak! Shundagina ota-ona o‘qituvchini hurmat qiladi.
Tabiiyki, ota-onasi, yaqinlarining pedagogga bildirayogan e’tiboridan bola ham ustoziga munosabatini o‘zgartiradi. O‘z navbatida, xalqning, davlatning g‘amxo‘rligidan ruhlangan o‘qituvchi ham o‘z ustida ishlashga, vaqtini shogirdlarining kamoloti uchun sarflashga majbur bo‘ladi! Pedagogik jamoalarda raqobat rivojlanadi. Salohiyatli kadrlarga talab ortadi! Tizimda sifat ko‘tariladi! Rossiyada “cho‘chqa”ga “qo‘y, eshak” bo‘lib kulgi bo‘lganimiz, hech narsa emas.
Siz-u biz o‘qituvchini, ziyolini mensimayotganimiz ‒ eng katta va eng achinarli fojia! Afsuski, najotni ta’limda deb hisoblamayapmiz! Najotni iqtisoddan, turmush sharoitimizni yaxshilashdan, “ko‘z-ko‘z” uchun zamonaviy binolar, turli, hashamatli inshootlar barpo etishdan, dabdabali tadbirlar uyushtirishdan izlayapmiz! Aslida davlatning, jamiyatning barcha bo‘g‘inini jonlantiradigan o‘qituvchini, ziyolini boshimizga ko‘tarmas ekanmiz, ta’lim tizimi taraqqiy etmas ekan, bu sa’y-harakatlar samara bermaydi! Indallosini aytganda, gapiraman desa, gap ko‘p, o‘shak-o‘tirik ko‘p!
Abdug‘ofur SHERXOLOV,
Jurnalist
Shu kecha va kunduzda
V “Ustozlar milliy forumi” o‘z ishini boshladi
Al-Xorazmiy oromgohi – kelajak avlod tarbiyasiga xizmat qilayotgan maskan
Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik: “Prezident sovg‘alari” hududlarga yetkazilmoqda
“NG” haqida ertak
OB-HAVO
0 C
Valyuta kurslari
Markaziy bank