O‘zbekiston va Kuvayt: ikki davlat o‘rtasida qanday hujjatlar imzolandi?

Muzokaralar davomida O‘zbekiston bilan Kuvayt o‘rtasidagi do‘stlik va ko‘p qirrali sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqildi.
Tashrif davomida erishilgan kelishuvlar doirasida faol siyosiy muloqotni davom ettirish, savdo-iqtisodiy va investitsiya-moliyaviy hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.
O‘zbekiston bilan Kuvayt o‘rtasida keng qamrovli sheriklik munosabatlarini rivojlantirish bo‘yicha oliy darajada qaror qilingani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.
Tashqi siyosiy idoralar o‘rtasida muntazam maslahatlashuvlarni tashkil etish va Samarqand shahrida o‘tadigan "Markaziy Osiyo - Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi" sammitiga birgalikda tayyorgarlik ko‘rish muhimligi ta’kidlandi.
Shuningdek, Kuvayt arab iqtisodiy taraqqiyot jamg‘armasi bilan yangi hamkorlik dasturi imzolangani yuqori baholandi.
Oziq-ovqat xavfsizligi, sanoat kooperatsiyasi, infratuzilma, turizm va boshqa yo‘nalishlarda loyihalarni ilgari surish hamda mamlakatlar o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yishga alohida e’tibor qaratildi.
Muzokaralar davomida quyidagi hujjatlar imzolandi:
- Sanoat sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bitim;
- Havo qatnovi to‘g‘risidagi bitimga bayonnoma;
- Mehnat sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bitim;
- “Aqlli” shaharlarni barpo etish sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bitim;
- Sanʼat va madaniyat sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bitim;
- Sog‘liqni saqlash sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bitim;
- Turizm sohasida 2025-2027-yillarga mo‘ljallangan chora-tadbirlar dasturi;
- Kuvayt arab iqtisodiy taraqqiyot jamg‘armasi bilan hamkorlik to‘g‘risida bitim.
Shu kecha va kunduzda
FVV AKADEMIYASIDA “OCHIQ ESHIKLAR KUNI” O‘TKAZILDI
Ustoz, sizni quchoqlasam maylimi?
Vazir ustamasi: barcha o‘qituvchilar uchun
Adolat, sadoqat va siyosat saboqlari
OB-HAVO

0 C
Valyuta kurslari
Markaziy bank
Mavzuga doir

Prezident Shavkat Mirziyoyev: “Bizning kuchimiz — birlik va ahillikda”

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Navro‘z umumxalq bayramiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqi

O‘zbekiston va Italiya: maktabgacha va maktab ta'limi sohasida yangi kelishuvlarga erishildi
