O‘zbekistonda yana bir zamonaviy kutubxona barpo etiladi

Kitobxonlik O‘zbekistonda yana bir zamonaviy kutubxona barpo etiladi
232

O‘zbekistonda yana bir zamonaviy kutubxona barpo etiladi


Ushbu mahobatli majmua bir vaqtning o‘zida 300 ga yaqin kitobxonga xizmat ko‘rsata oladi. Kutubxona fondlari o‘quv zali, elektron o‘quv xonasi, olimlar xonasi va seminar xonasini o‘z ichiga olishi rejalashtirilgan.


Kutubxona fondida o‘zbek zaminida yetishib chiqqan alloma va mutafakkirlar tomonidan qoldirilgan qadimiy qo‘lyozmalar, toshbosma kitoblar, tarixiy dalillar va arxeologik topilmalar saqlanadi.


Elektron kutubxona yaratish maqsadida barcha nashrlar raqamlashtirilib, avtomatlashtirilgan tizimga kiritiladi. Kutubxona serverining 5 petabayt xotirasi mavjud bo‘lib, bu yerda nodir va innovasion nashrlar ham saqlanadi.

Maqola muallifi

Muxbirlarimiz

Muxbirlarimiz

"Ma'rifat" muxbiri

Teglar

  • #Maktab

Ulashish