“Q” tovushi va “Qq” harfini mustahkamlash (1-sinflar uchun)

Bir soatlik dars “Q” tovushi va “Qq” harfini mustahkamlash (1-sinflar uchun)
466

Maqsad:

a) ta’limiy: O‘quvchilarni “Q” tovushi va “q” harfi bilan tanishtirish, “q” tovushining undosh tovushlar sirasiga kirishini amaliy va elementar nazariy jihatdan tushuntirish;               

b) tarbiyaviy: Dars orqali o‘quvchilarning bilimlarini kengaytirish, vatanga, ona tabiatga muhabbat, jonivorlarga g‘amxo‘rlik  ruhida  tarbiyalash;

d) rivojlantiruvchi: O‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqini o‘stirish.


Tayanch kompetensiyalar:

 Axborot bilan ishlash kompetensiya elementi: mavzu doirasida ko‘rsatilgan multimedia ilovalariga ongli munosabat bildirish.

Dars jihozi: Darslik, Alifbe elektron darsligi, televizor, noutbuk, kesma harflar, turli rasmli ko‘rgazmalar.

Dars usuli: Analitik-sintetik tovush metodi, savol-javob, guruhlar bilan ishlash, interaktiv usullar.

Fanga bog‘lash: Tarbiya, tabiiy fan, texnologiya, yozuv.

Kasbga yo‘llash: O‘qituvchi, rassom.

Dars turi: Yangi bilim beruvchi. Ko‘nikma va malakalarni shakllantiruvchi dars.


Darsning borishi 

   І. Darsni tashkil etish.

Salomlashish, davomatni aniqlash.

O‘qituvchi:

− Salom, aziz bolalar,

Zehnlilar, zukkolar.

Barchangiz sog‘-omonmisiz?

Darsimizga tayyormisiz?

O‘quvchilar:

− Barchamiz sog‘-omonmiz.

Darsga doim tayyormiz.

O‘qituvchi:

− O‘quvchilar, biz maktabga nima uchun kelamiz?

O‘quvchilar:

– Xatosiz o‘qish uchun,

Chiroyli yozish uchun.

To‘g‘ri, tez sanash uchun,

“5” baho olish uchun.

O‘qituvchi: 

– Har narsadan xabarchi,

Sinfda kim navbatchi?

Navbatchi o‘quvchi:

– Sinfda men navbatchi 

Tayyor barcha o‘quvchi.

Navbatchi o‘quvchi sana, hafta kuni, yil fasli hamda o‘quvchilarning davomati bilan tanishtiradi.

O‘qituvchi:

– Oltin qoidalarimizni bir esga olaylik.

O‘quvchilar:

– Eng avvalo intizom,

Darsga faol qatnashish.

Berilgan vazifani

O‘z vaqtida bajarish.

Topqir va zukko bo‘lib, 

Barchani hurmat qilish.

O‘ng qo‘l qoidasiga  

Doim rioya qilish.


O‘qituvchi: – Aziz o‘quvchilar, sizlarga bugun “Sehrli fasllar daraxti”ni tayyorlab keldim (1-rasm). Bu daraxtimizda 4 fasl mujassam. Daraxt barglariga savollar yozib chiqilgan. Keling, shu savollarga birgalikda javob topamiz (O‘quvchilar parta boshidan  navbati bilan chiqib savollarga javob berishadi).

Savollar.

1-savol. Kechqurun yo‘llarimizni yoritib turuvchi osmon jismi?  (Oy)

2-savol. Hamma insonlar uning uvog‘ini ham ko‘zga surtib qadrlaydigan ne’mat? (Non)

3-savol. Inson tug‘ilganidan keyin ilk bor eshitadigan onalar qo‘shig‘i? (Alla)

4-savol. So‘zlarni talaffuz qilganimizda faol ishtirok etuvchi nutq organlaridan  biri? (Til)

5-savol. Insonni yuksaklikka ko‘taruvchi narsa? (Ilm)

6-savol. Issiqxonalarda yetishtiriladigan meva? (Limon)

7-savol. Insonga sodiq hayvon? ( It)

8-savol. Bizning vatanimiz qayer?(O‘zbekiston)

9-savol. O‘zbekistonning janubida joylashgan viloyat? (Buxoro)

10-savol. O‘zbekiston poytaxti qayer? (Toshkent)

11-savol. O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan keyin nimalarga ega bo‘ldi? (Bayrog‘i, madhiyasi, gerbi, konstitutsiyasiga).

12-savol. Alifboda nechta harf bor?(29)

13-savol. Tovushlarni nima qilamiz? (Eshitamiz, aytamiz)

14-savol. O‘zbekiston qachon mustaqil deb e’lon qilindi? (1991-yil 31-avgustda) 

15-savol. Rassom nima qiladi? (Rasm chizadi)

16-savol. Odob-axloq haqidagi fan? (Tarbiya)

17-savol. Bayroq qabul qilingan kun?

(18-noyabr)

18-savol. Madhiyamiz muallifi?(A.Oripov)

19-savol. Ingliz tilida sanang. (one, two, three…)

O‘qituvchi: – O‘quvchilar, 5 tashabbus nima?

(O‘quvchilar she’riy usulda javob berishadi).

O‘tilgan mavzuni mustahkamlash.


ІІ. O‘tgan dars.

1. “Q” harfli so‘zlarni o‘qitish. Slayddan so‘zlar o‘qitiladi:

2. O‘qib bo‘lgan o‘quvchilar navbat bilan xattaxtaga chiqib, rasmlardagi narsalar nomini yozadi.

To‘g‘ri yozgan o‘quvchilar daraxtdagi olmalarni tipratikanga olib beradi.

3. “Solishtirib ko‘ring” matnini o‘qitish.


ІІІ. Yangi mavzu.

 Yozuv taxtasiga yangi mavzu yoziladi. 

Yangi mavzu: “Q” tovushi va “Qq” harfini mustahkamlash.

O‘quvchilarga “Q” tovushining talaffuzi, bo‘g‘inlar va so‘zlarning talaffuzini analitik sintetik tovush metodi bilan multimedia ilovasi orqali tushuntirish. Bosma bosh harf “Q” va kichik “q” harflarini qiyoslash, farqli tomonlarini izohlash, “q” tovushi undosh tovush ekanini tushuntirish. Slayd orqali bo‘g‘in va so‘zlarni o‘rgatish.  

Darslik bilan ishlash. Darslikdagi bo‘g‘inlar va so‘zlarni o‘quvchilarga navbat bilan o‘qitish.


Darlikdagi topshiriqni bajarish:

Bu yerda so‘zlar yashiringan, shu so‘zlarni topish kerak.

“Baliq” she’rini o‘qib berish. Mazmunini

tushuntirish. Baliq haqida ma’lumot berish. Slayd

va videorolik orqali baliqlar  haqida ko‘proq ma’lumot berish. 


ІV. Mustahkamlash.

Dam olish daqiqasi. 

a) Monitor orqali musiqa eshittiriladi. O‘quvchilar esa birgalikda raqsga tushishadi;

b) “Davom ettir” o‘yini orqali o‘quvchilarga takroriy o‘qitish;

d) Darslikdagi topshiriqni bajarish:

Savollar

Baliq bilan qayiqni solishtiring.

Baliq nimalar yeydi?

e) darslikdagi topishmoqlarni o‘qish va javobini topish:

(O‘qituvchi topishmoq haqida ma’lumot beradi va o‘quvchilardan bilgan topishmoqlari haqida so‘raydi)

Boshi taroq, dumi o‘roq. (Xo‘roz)

Men yuraman, u qoladi. (Soya)

 f) O‘quvchilar bilan “Sherigini top” o‘yinini o‘tkazish. Bunda ikki tarafga bo‘g‘inlar berilgan bo‘ladi. O‘quvchilar navbati bilan chiqib bo‘g‘inning sherigini topib so‘z hosil qilishadi.

1. Ki-                 -la

2. Lo-                 -tob

3. O‘r-                - tab

4. Mak-              -mon

5. Ka-                 - lim

6. Bi-                  -lit

j) o‘quvchilarni rag‘batlantirish. 

V. O‘quvchilarni baholash.

VII. Darsni yakunlash.

VІ. Uyga vazifa:  O‘qib, o‘rganish.

 

Zarina DAVRONOVA,

Vobkent tumanidagi

35-maktabning boshlang‘ich sinf 

o‘qituvchisi

Maqola muallifi

Zarina DAVRONOVA

Zarina DAVRONOVA

Oʻqituvchi

Teglar

  • #Ona tili
  • #Olimpiada
  • #Ta'lim
  • #Yoshlar
  • #Talaba

Ulashish