Qo‘shimcha elektropoyezd qatnovi amalga oshiriladi

Jarayon Qo‘shimcha elektropoyezd qatnovi amalga oshiriladi
457

“Temiryo‘lekspress” AJ matbuot xizmatining xabar berishicha, "Navro‘z" va Ramazon hayiti munosabati bilan yuqori tezlikda harakatlanuvchi 775/776-sonli “Samarqand — Toshkent — Samarqand” yo‘nalishida qatnovchi "Afrosiyob" elektropoyezdi joriy yilning 20, 21, 22, 23, 24, 25, 29, 30, 31-mart va 1-aprel kunlari qo‘shimcha qatnovni amalga oshiradi.

Poyezdlar quyidagi jadval asosida harakatlanadi:  


775-sonli “Samarqand — Toshkent” yo‘nalishi, Samarqand 10:55 — Toshkent 13:15,  
776-sonli “Toshkent — Samarqand” yo‘nalishi, Toshkent 13:56 — Samarqand 16:14.

Maqola muallifi

Muxbirlarimiz

Muxbirlarimiz

"Ma'rifat" muxbiri

Teglar

  • #Ta'lim
  • #Yoshlar
  • #Gazeta
  • #Maktab

Ulashish