SADOQAT TIMSOLI

Millat oydinlari SADOQAT  TIMSOLI
38

SADOQAT  TIMSOLI

Zulfiyaning she’rlarin o‘qib, 

She’riyatga qo‘yganman mehr. 

Ash’orlarin mag‘zini chaqib, 

Tabiatdan topganman sehr.


Har satrida gullardi ko‘klam, 

Har so‘zida o‘zgacha yor-yor.

Gulbargida kulardi olam, 

Jilvalanib misli go‘zal yor.


Ishq sevgidan taratib sado, 

Har bir dilda nazmdan qomus. 

Hijron dog‘i qilmagan ado,

Vafodorlik, pokiza nomus.


SHE’RIYAT MALAGI

Zulfiyaxonimga 

Muhabbatning his-tuyg‘ulari, 

Misli anhor to‘lib toshardi. 

Qirg‘oqlarga urilib, oshib,

Ezgu niyat tomon shoshardi.


Majnuntollar kokilin silab, 

Gohi mumtoz kuylar chalardi. 

Gul shohida oshiqib, oqib, 

Nafis gulning bolin yalardi.


She’riyatning go‘zal malagi, 

Qancha yillar oshufta dilsan. 

Oylar, yillar, asrlar osha, 

Sayqal topgan noyob billursan.



Abdurashid ERGASHEV


Maqola muallifi

Muxbirimiz

Muxbirimiz

Jurnalist

Teglar

  • #Ta'lim
  • #Yoshlar
  • #Gazeta

Ulashish