Ta’lim forumi bo‘lib o‘tdi

Jarayon Ta’lim forumi bo‘lib o‘tdi
1.17k

Bugun Abdulla Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutida Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD) hamkorligida Taʼlim forumi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining ta’limni isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari bo‘linmasining loyiha koordinatori Yuliya Risyukova, Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E’zoza Karimova, xorijiy hamkor tashkilot vakillari va mas’ullar ishtirok etishdi.


Forum davomida “PISA–2025: Xalqaro baholash dasturi natijalari” o‘rganilib, O‘zbekistonning tabiiy-ilmiy, hududiy, ijtimoiy va maktablar kesimidagi tafovutlar, ta’limdagi tenglik va imkoniyatlar, o‘qituvchi ko‘magi, o‘quv muhiti va maktab boshqaruvi bilan bog‘liq omillar yuzasidan tahliliy ma’lumotlar taqdim etildi. Shuningdek, Forumda PISA–2025 global manzarasi va natijalarni talqin qilish, O‘zbekistonning asosiy milliy natijalari, PISA–2022–2025 dinamikasi, tenglik va mazmun omillari bo‘yicha taqdimotlar hamda “Natijalardan amaliy harakatlarga” mavzusida yuqori darajadagi panel muhokamasi tashkil etildi.