Ta'til foydali o‘tsin desangiz...

Bilasizmi? Ta'til foydali o‘tsin desangiz...
177

Yozgi ta’til − bolaning qobiliyatlarini yuzaga chiqarish va yangi ko‘nikmalarni shakllantirish uchun eng qulay payt. Qolaversa, ta’tilda uning ma’naviy va intellektual o‘sishini qo‘llab-quvvatlash zarur.


Farzand tarbiyasi nafaqat oilaning, balki maktabning ham mas’uliyati. Shu bois, ta’til davrida ikkala tomon muloqotni uzmasligi maqsadga muvofiqdir. Yozgi ta’tilni o‘qituvchilar tavsiyasi asosida tuzish o‘quvchining keyingi o‘quv yiliga tayyorgarligini osonlashtiradi. Bu borada Shahrisabz tumanidagi 65-maktabning boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi Zubayda Qo‘ychiyeva ota-onalarga bir nechta tavsiyalar beradi:


• Oila va maktab hamkorligi bolalarning yozgi ta’tilda ham rivojlanishini ta’minlashning kalitidir.
•  Ta’tilni mazmunli o‘tkazish uchun maktab bilan hamkorlikda yoshga mos kitoblar ro‘yxatini tuzing. Har kuni 30 daqiqa o‘qish orqali farzandingiz ta’limdan uzoqlashmasligini ta’minlang;
•  Oddiy uy sharoitida o‘tkazish mumkin bo‘lgan kichik tajribalarni farzandingiz bilan birga bajaring. Bu uning tabiiy fanlarga qiziqishini oshiradi;
• Farzandingiz bilan mahalliy muzey, kutubxona va tarixiy joylarga boring. Har bir sayohatdan so‘ng ko‘rganlarini umumlashtiruvchi kichik loyiha yaratish uning bilimlarini mustahkamlaydi.
•  Yozgi ta’til davomida farzandingiz 50 foiz vaqtini dam olish, 30 foizini o‘rganish va 20 foizini ijodiy mashg‘ulotlar bilan o‘tkazgani ma’qul. Bunday muvozanat ularning har tomonlama rivojlanishini ta’minlaydi.


Unutmang, oila va maktab hamkorligi bola muvaffaqiyatining eng muhim omillaridan biri. 


Sunnatillo QOʻYCHIYEV,

O‘zDJTU talabasi

Maqola muallifi

Amaliyotchilar

Amaliyotchilar

Talaba

Teglar

  • #Ta'lim
  • #Yoshlar
  • #Gazeta

Ulashish