TikTok va Instagramdagi qisqa video (reels)lar tomosha qilishning miya salomatligiga ta'siri spirtli ichimliklardan ko'ra bir necha baravar salbiyroq!

Bilarmidingiz? TikTok va Instagramdagi qisqa video (reels)lar tomosha qilishning miya salomatligiga ta'siri spirtli ichimliklardan ko'ra bir necha baravar  salbiyroq!
50

❓#bilishingiz_kerak

TikTok va Instagramdagi qisqa video (reels)lar tomosha qilishning miya salomatligiga ta'siri spirtli ichimliklardan ko'ra bir necha baravar  salbiyroq!


🔽Tadqiqotlarga ko‘ra, odamlarni tinimsiz tomosha qilishga undaydigan ushbu videolar miyaning rag‘batlantirish (mukofot) tizimiga kuchli ta’sir qiladi va aqliy faoliyatga besh baravar ko‘proq zarar yetkazadi.


Ekspertlar qisqa videolarni  “arzon dofamin” deb ataydi,  ya'ni  minimal harakat evaziga  tezkor zavqni taqdim etadi.  Qisqa muddatda qoniqish hissi odat tusiga kirib, giyohvandlikka o‘xshash qaramlik holatini yuzaga keltiradi. Miya  tezkor dofaminni qayta izlay boshlaydi, uzoq vaqt, diqqat-e’tibor va kuch talab qilinadigan ishlarni bajarish qiyinlashib boraveradi. bunday qaramlikka berilgan insonlar uchun o‘qish, o‘rganish yoki ishlash  zerikarli, mantiqsiz va hattoki bora-bora  jirkanch ish sirasiga kirishi  mumkin.


TikTok va Instagram kabi platformalarning keng ommaviyligi va cheksiz  "scroll"(pastga surish) imkoniyati mazkur muammoni  yanada kuchayishiga sabab bo‘lmoqda. Boshqacha qilib aytganda, ushbu platformalar spirtli ichimliklardan farqli o‘laroq, qisqa videolar doimiy va cheksiz, istalgan vaqtda mavjud va ularga kirish uchun hech qanday cheklovlar yo'q.


Spirtli ichimliklar ichish uchun joy va vaqt belgilash, sotib olish uchun yosh chegarasidan o'tish hamda  ijtimoiy normalar va  qonunga amal qilish nazorat qilinsa , qisqa formatdagi "turli xil" video kontentlar 24 soat davomida taqdim etiladi. Bu esa foydalanuvchilarning ma'lum  kontentga qaramlik darajasini oshirib,  xotira susayishi va kundalik faoliyatda diqqatni jamlay olmaslik kabi  qiyinchiliklarga olib keladi.


Uzluksiz kirish imkoniyati majburiy xatti-harakatlarga aylanib boradi, miyani kreativ fikrlash qobiliyatidan mahrum qiladi.

Maqola muallifi

Muxbirimiz

Muxbirimiz

Jurnalist

Teglar

  • #Ta'lim
  • #Yoshlar
  • #Gazeta
  • #Talaba

Ulashish