Maktablarda dars berayotgan o‘qituvchilar soni so‘nggi 5 yilda 61,1 ming nafarga oshgan
2.07k
Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-2024-o‘quv yili boshida mamlakatimizdagi umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida ta’lim berayotgan o‘qituvchilar (o‘rindoshlarsiz) soni 547,7 ming nafarni tashkil etgan.
Bu ko‘rsatkich 2019-2020-o‘quv yili boshiga nisbatan solishtirilganda 61,1 ming nafarga oshgan.
Yillar kesimida umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida ta’lim berayotgan o‘qituvchilar (o‘rindoshlarsiz) soni:
- 2019-2020-o‘quv yili boshiga 486,6 ming nafar;
- 2020-2021-o‘quv yili boshiga 508,2 ming nafar;
- 2021-2022-o‘quv yili boshiga 510,0 ming nafar;
- 2022-2023-o‘quv yili boshiga 521,6 ming nafar;
- 2023-2024-o‘quv yili boshiga 547,7 ming nafar.
Ma’lumot uchun, 2023-2024-o‘quv yili boshida faoliyat yuritayotgan umumta’lim muassasalari soni 10 750 tani tashkil etgan.
Shu kecha va kunduzda
SADOQAT TIMSOLI
Millat oydinlari
Mehr bilan yengilgan dardlar
Salomatlik
Ochiq eshiklar kuni
Daxldorlik
Ilm-fan taraqqiyotida ayollar: tarix, bugun va kelajak
Muallim – millat yulduzi
OB-HAVO
0 C
Valyuta kurslari
Markaziy bank